Jinsiy organlarning taraqqiyoti.
Jinsiy organlarning taraqqiyoti bir necha
jarayonlar va bosqichlardan iborat. Sut emizuvchilar jinsiy organlarining
taraqqiyotida ikkita muhim xususiyatga e‘tibor berish lozim. Eirinchidan, jinsiy
organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichida indifierent morfologik belgilar, ya‘ni
ham erkaklik, ham urg‘ochilik jinsiy organlarga xos belgilar shakllanadi va
ularnnig qaysi jins ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Keyinchalik har xil jinsga oid
belgilar shaklanadi. Ikkinchidan, erkaklik jinsining ta‘sviri yo‘qligi tufayfi,
urug‘chilik jinsiy organ rivojlanadi.
Jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichi urug‘lanish bo‘lib, bunda
spermatozoid xromosomasi zigotalanishini belgilaydi. XY-xromosomali zigota
erkaklik jinsini belgilasa ham, zigotaning dastlabki davrida erkaklik va urugchilik
zigotasining taraqqiyoti bir xil kechadi. Y-xromosomaning asosiy vazifasi
indifferent gonadani urug‘don hosil bo‘lishi tomonga buradi. Bu birlamchi jinsiy
hujayraning gonadaga migrasiyasidan keyin sodir bo‘ladi. Y-xromosomaning bu
37
vazifasi, undagi NY-antigen orqali bajariladi. Bu antigen bo‘lmasa, gonada
tuxumdonga aylanadi. Shu bilan jins differensiasiyasining ikkinchi, ya‘ni gonada
jinsini aniqlash bosqichi tugallanadi (14-rasm).
Keyin embrionning morfologik (somatik) jinsiy belgilari shakllanadi.
Embrion taraqqiyotining dastlabki boshqalarida ikki juft jinsiy kanal bo‘ladi.
Bulardan biri mezonefros kanal, ikkinchisi, paramezonefros (myuller) kanaldir.
14-rasm. Ganada differensiasiyasi (B.Karlson, 1983 bo‘yicha).
A-indifferent gonada; B-14 haftalik odam urug‘doni; V-urug‘don tuzilishi; G-
yangi tug‘ilgan qis bola tuhumdonining tuzilishi.
Urug‘donning testosteron gormoni ta‘svirida mezonefros kanaldan urug‘
olib ketuvchi kanal hosil bo‘lib, siydik kanaligacha davom etadi. Prostata bezi va
urug‘ saqlovchi xalta ham, testosteron bilan bog‘liq. Urug‘chilik paramezonefros
(myuller) kanalining regenerasiyasi urug‘doiming boshqa gormoni - myuller nayi
faoliyatini to‘xtatuvchi omil gormoni ta‘svirida sodir bo‘ladi. Urg‘ochi embrion
gonadasi bu gormonlarni ishlab chiqarmaydi. Testosteron yo‘qligi tufayli
mezonefros kanal regenerasiyaga uchraydi, myuller nayi faoliyatini to‘xtatuvchi
omil gormoni yo‘qligi tufayli esa, myuller kanalidan tuxum yo‘li, bachadon va
qinning bir qismi hosil bo‘ladi. Tashqi jinsiy organlar ham dastlab, indifferent
hollda taraqqiy etadi. Keyinchalik testosteron gormoni borligi tufayli erkaklik,
testosteron yo‘qligi tufayli esa urugchilik tashqi jinsiy organlar hosil bo‘ladi (15-
rasm).
Jinsiy takomillashishning oxirgi bosqichi tug‘ilishdan keyin sodir bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola, qanday tashqi muhit tufayli o‘z jinsiy belgilarini namoyon
38
qiladi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida esa bu jarayon oxiriga yetadi va jinsiy
gormonlar ta‘svirida, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi.
Jinsiy organlar sistemasi ayiruv organlari va buyrak usti bezi bilan birgalikda
taraqqiy etadi. Homilaning gonadasi birlamchi buyrak-mezonefros (voif
tanachasi)ning yuzasidagi selomik epiteliynurg yolgloniashuvidan boshlanadi. Shu
vaqtda selomik epiteliyinng yo‘g‘onlashuvi, buyrak usti bezi po‘stloq qismining
15-rasm. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy organlarining differensiasiyasi (B.Karlson,
1983).
A-indifferent bosqichi;B-erkaklik jinsiy organlari differensiasiyasi. 1-gonadalar 2-
myuller (paramezonefros) kanal; 3-mezonefros kanal; 4-mezonefros kanalchalar;
5-siydik sinusi; 5-urug‘ olibketuvchi kanal; 7-prostata bezining boshlang‘ich
hujayrasi; 8-siydik chiqaruvchi kanal; 9-urug‘don ortig‘i kanali; 10-urug‘don‘ 11-
urug‘ olib chiqaruvchi kanal; 12 bachadon; 13 tuxum yo‘li; 14-tuxumdon; 15-
Garther kanali; 16-bachadon bo‘yni.
hosil bo‘lishiga asos bo‘ladigan mezonefros orasida joylashgan, interranal tanani
hosil qiladi.
Homilaning uchinchi haftasida birlamchi jinsiy hujayralar (gonosit yoki
gametoblast) paydo bo‘ladi. Gametoblastlar yirik yadroli, gtikogenga va sariqlik
moddasiga boy bo‘ladi. Gametoblastlar dastlab sariqlik xaltasi devorida hosil
bo‘ladi va o‘sha yerda tez ko‘payadi. Qon oqimi bilan yoki o‘zi jinsiy organga
migrasiya qiladi. Shu davrdan boshlab gonadada gametoblastdan gametosit, undan
gameta hosil bo‘ladi. Gonadaning epiteliy hujayralari yetilayotgan jinsiy hujayrani
oziqlantirish vazifasini bajaradi. Epiteliy va interstisial. hujayralar jinsiy gormon
ishlab chiqara boshlaydi. Gonadadan birlamchi buyrak stromasiga gametositlar
o‘sib kiradi. Shu vaqtdan boshlab birlamchi buyrakdan kloakaga davom etuvchi
39
birlamchi buyrak nayiga parallel-paramezonefros nay hosil bo‘ladi. Shundan
boshlab jinsiy sistemaning indifferent taraqqiyoti nihoyasiga yetadi va erkak,
urg‘ochi jinsiy sistema rivojlanadi.
Indifferent jinsiy organdan erkaklik jinsiy organi homilaning 6-haftasida,
urugchilik jinsiy organ esa 8-haftasida paydo bo‘ladi. Erkaklik jinsiy organ
rivojlanishi davrida birlamchi buyrakning yuqori qirrasi bo‘ylab mezenxima
to‘qimasi o‘sadi va keyinchalik undan urug‘donning oq kapsulasi hosil bo‘ladi.
Keyin epitelial jinsiy tizimdan urug‘ kanali, urug‘donning egri-bugri kanali paydo
bo‘ladi. Prostata bezi-embrional rivojlanishninig uchinchi oyida chiqaruv
kanalining boshlanish qismidagi epiteliy hujayralaridan hosil bo‘ladi. Kloakaning
oldingi qismida joylashgan mezenximanilig o‘sib ketishidau, tashqi erkaklik jinsiy
organ hosil bo‘ladi (I6-rasm).
16-rasm. Sut emizuvchilar embrionida erkaklik jinsiy sistemasi kanallari
(O.Gertviy, 1960 bo‘yicha).
1-diafragma bog‘lami; 2-urug‘don qobig‘i; 3-urug‘don; 4-urug‘don ortig‘i
kanali; 5-siydik kanali teshigi;6-siydik kanali teshigi; 7-prostata bezining
bo‘shlig‘i; 8-prostata bezi; 9-bulbouretralbez; 10-siydik chiqariv kanali; 11-
moyak; 12-urug‘don; 13-urug‘ chiqaruv kanal tashig; 14 chov bog‘lami; 15-
mezonefros kanal; 16-myuller kanali; 17-urug‘don ortig‘ining po‘sti; 18-efferent
kanal; 19-urug‘don ortig‘i
Tuxumdonning embriogenezi davrida birlamchi buyrak asosida mezenxima
rivojlanib, buyrak kanali reduksiyaga neliraydi. Mezonefros kanal atrofiyaga
uchraydi, paramezonefios kaiial rivollariadi. Paramezonefros kanalinnig yuqori
qismituxumyo‘liga aylanadi. Uning boshlanishi, tuxunuri qabul qiluvchi oladi.
Pastki qismi voronkasimon ko‘rinishni oladi. Pastki qismi esa o‘saro qo‘shilib,
bachadon va qinni hosilqiladi (17-rasm).
40
Taraqqiy etayotgan tuxumdonda mezenximadan iborat bo‘lgan birlamchi
buyrakning qoldiq tanasi, uning asosiy qismi hisoblanadi. Jinsiy vakilning ustki
epiteliy hujayralari o‘sib, ana shu asosiy qismida jinsiy tizimga aylariadi.
Mezenxima jinsiy tizim orqali o‘sib, birlamchi follikulaga aylanadi. Har bir
follikula ovosit va uni o‘rab turgan follekulyar epiteliydan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |