Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi va rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi va rivojlanishi 
 
1880 yilda Nussbaum birinchi marta jinsiy va somatik hujayralar farqini va 
jinsiy hujayralaming ontogenezning embrion (murtak) davrida, hosil bo‘lish yo‘lini 
aytgan edi. Bu g‘oyani A. Veysman rivojlantirdi. 
17-rasm. Urg‘ochilik jinsiy organining rivojlanish (O.Gertviy, 1906 
bo‘yicha). 
1-mezonefrosning diogramma bog‘lami; 2-hydatidum; 3-tuxum yo‘lining 
uchki qismi; 4-tuxumdon ortig‘i; 5-tuxumdon; 6-mezonefrosning bo‘shliq 
bog‘lami; 7-siydik xaltasi; 8-siydik yo‘lining tashigi; 9-siydik chiqaruv kanali; 10-
kichik uyatli lab; 11-chiqish joyi; 12katta uyatli lab; 13-qin; 14-bachadonning 
yumaloq bog‘lami; 15-tuxumdonning yumaloq bog‘lami; 16-tuxumdon; 17-tuxum 
yo‘li; 18-mezonefros kanal; 19-siydik yo‘li; 20-tuxumdon oldi; 21-tuxum nayi; 22-
buyrak. 
Murtak yo‘li g‘oyasining mazmuni shundan iboratki, jinsiy va somatik 
hujayralar rivojlanishi, ontogenezda juda erta farqlanadi. Haqiqatdan ham jinsiy 
hujayralar, yoki birlamchi jinsiy hujayralar, (gonositlar) ancha erta somatik 
hujayralardan yirikligi, yadrosining kattaligi, sitologik xususiyatlari bilan 
farqlanadi. Gonositlarning sitoplazmasida topilgan xarakterli ultrastruktura, 
ektosoma deyiladi. Uning bo‘lishi, gonositning asosiy belgisi hisoblanadi.Shu 
orrinda yangi gipoteza paydo bo‘ldi, unga ko‘ra, ektosoma jinsiy hujayralarnmg 


41 
totipotent tarkibini belgilaydi. Elektron mikroskop yordamida uning tarkibida 
RNK, oqsil borligi aniqlandi. Ma‘lum bo‘lishicha, jinsiy hujayraiardagi "jinsiy 
determinantlar" somatik hujayralarda bo‘lmaydi. Ayrim tuban hayvonlarda bunday 
modda somatik hujayralarda ham uchraydi va ularni jinsiy hujayralarga aylantiradi. 
Olimlarning fikricha, "jinsiy determinant"ni birlamchi jinsiy hujayralani 
aniqlash uchun, belgi sifatida qabul qilish mumkin. Embrionnnig birlamchi jinsiy 
hujayralarni hosil qiluvchi blastomerini gonoblast deb ataladi. Ana shn qismni 
ko‘chirib o‘tkazish orqali, ularnnig paydo bo‘lishini aniqlashga erishildi. Jumladan, 
hasharotlarning ikki qanotlilar lurkumi vakillarida tuxurannig orqa tomonida 
ektosoma (jinsiy determinant) to‘planishini kuzatish mumkin (18-rasm). Ooplazma 
(jinsiy plazma) ning bu qismi bo‘linish natijada, birlamchi jinsiy hujayraga 
aylanadi. Ot askaridasida birlamchi jinsiy hujayra somatik hujayralaranig 
to‘rtlamchi bo‘linishi keyin, sikloplarda birlamchi jinsiy hujayra, birmchi 
bo‘linishdan keyin hosil bo‘ladi (19-rasm). 
Umurtqali hayvonlarda birlamchi gonositlar, umurtqasiz hayvonlarga 
nisbatan kechroq paydo bo‘ladi. Ammo dumsiz amfibiyalarda jinsiy plazma, 
tuxum urug‘lanishidan oldin paydo bo‘ladi. Dumli amfibiyalarda esa "jinsiy 
determinat" urug‘lanmagan tuxumda topilmagan. Ularda gonosit, tuxumdan 
lichinka chiqishi oldidan paydo bo‘ladi. Chunki ularda gonosit mezodermadan 
hosil bo‘ladi. 
18-rasm. 
Hashotratlarda 
jinsiy 
hujayralarning 
shakllanishi 
(Miastor 
americana)(R.Xegner, 1912 bo‘yicha). 
A-8 yadroli bosqichdagi tixum (4 tasi ko‘chirib turibdi); B-keyingi bosqich. 1-
bo‘lajak jinsiy hujayraning yadrasi; 2-ektosoma (jinsiy plazma); 3-birlamchi jinsiy 
hujayra; 4-tuxumning sitoplazmasi; 5-oziqlanuvchi hujayra. 
Yuksak umurtqalilarda (qushlar, repteliyalar, sut emizuvchilarda) gonosit 
embrion va embriondan tashqari organlar orasidan topilgan. 
Embrionning dastlabki davrida topilgan birlamchi gonositlar jinsiy 
hujayralarning yagona manbaimi, yoki ular keyinchalik somatik hujaylardan ham 
paydo bo‘ladimi? Tuban umurtqasiz hayvonlarda - bulutlar, kovakichlilar, yassi va 


42 
yumaloq chuvalchanglarda jinsiy hujayralar, butun hayoti davrida paydo bo‘lib 
boraveradi. Jumladan, halqali chuvalchanglaning jnisiy voyaga yetgan formalarida 
gonada olib tashlansa ham, aloxida "zaxira" hujayralar - neoblastlardan jinsiy 
hujayralar paydo bo‘lishi aniqlangan. Shunday holat kiprikli chuvalchanglarda ham 
19-rasm. Sikloplar rivojlanishining dastlabki bosqichida jinsiy hujayralarning 
hsakllanishi (E.Sharnio-Kotton, 1968 bo‘yicha). 1-9-urug‘langan tuxum hujayra 
pivojlanishining bosqichlari; e-ektosomalar; p-birlamchi jinsiy hujayra. 
kuzatilgan-Kovakichlilarda ham zaxira hujayralar bo‘lib, ular interstisial i-
hujayralar deb ataladi. Bu hujayradan har xil hujayralar, jumladan, jinsiy hujayralar 
hosil bo‘ladi. 
Bulutlarda jinsiy hujayralar butun hayoti davomida hosil bo‘ladi va 2 xil 
yo‘1 bilan: harakatchan amyobasimon arxeositlardan va yoqali xivchili 
xoanositlardan paydo bo‘ladi. Xoanositlar dastlab arxeositlarga, ular esa jinsiy 
hujayralarga aylanadi. 
Uzoq yillar davomida yuksak hayvonlar - mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, 
ninatanlilar, 
umurtqali 
hayvonlarda 
birlamchi 
jinsiy 
hujayralar 
jinsiy 
hujayralarning yagona manbaini, yoki keyinchalik somatik hujayralardan hosil 
bo‘ladimi? degan munozarali savol turardi. Bu savolga tajriba yo‘li bilan, ya‘ni 
birlamchi gonositni yo‘qotish bilan javob topildi. Jumladan, nurlantirish yo‘li bilan 
hasharotlar tuxurn plazmasinnig va qushlar tuxuminnig gonosit qismini nobud 
qilish mumkin. Shundan keyin embrion rivojlanadi, ammo gonosit rivojlanmaydi. 
Birlamchi gonosit ko‘chirib o‘tkazilganda va resipierntning gonositi olib 
tashlanganda, resipientdadonoming gonositi rivojlangan. 
Bu tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha, umurtqalilarda va umurtqasizlarda 
(bulutlar, kovakichlilar, yassi va halqali chuvalchanglardan tashqari) birlamchi 


43 
gonositlarning yagona manbai rivojlanishning dastlabki davrlarida paydo bo‘ladi. 
Boshqacha aytganda, embrion hujayralari rivojlanishning dastlabki davrlarida, 
jinsiy va somatik hujayralarga ajraladi. Ammo ba‘zi olimlar hozirgacha gonositlar 
(jumladan, baliqlarda) rivojlanishnnig keyingi bosqichlarida, gonadaning epiteliy 
hujayralaridan paydo bo‘ladi, degan fikrlami aytmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin