28
Shunday qilib, regenerasiya davrida hujayralaning paydo bo‘lishi haqidagi
muammo, munozarali bo‘lib qolmoqda.Bu haqidagi gipotezalarni 3guruhga bo‘lish
mumkin:
l. Zaxira hujayralar gipotezasiga ko‘ra, regenerasion blastermaning
o‘tmishdoshi zaxira hujayralar bo‘lib, ular rivojlanishning dastlabki davrida
differensiasiyaga uchramasdan qolib keladi va regenerasiya jarayondan "buyruq"
olmaguncha rivojlanish jarayonda qatnashmaydi.
2.Vaqtinchalik dedifferensiasiya gipotezasiga ko‘ra, differensiallashgan va
ma‘lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayra, regenerasiyadan stimul olib,
o‘z vazifasini bajarmasdan, regenerasiya jarayoniga qatnashadi, ammo
determinatsiya xususiyatini yo‘qotmaydi. Keyin yana o‘z vazifasini bajaradigan
holatga qaytadi.
3.To‘liq dedifferensiasiya gipotezasiga ko‘ra, ixtisoslashgan hujayralar
regenerasiya jarayonda regenerasion hujayralarga aylanadi va dastlabki holatiga
qaytmaydi.
Biologiya fanining hozirgi taraqqiyoti, bu gipotezalarning qaysi biri to‘g‘ri
ekanligini isbotlay olmaydi. Shunga qaramasdan, regenerasiya sohasidagi yutuqlar
tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: