Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Jinsiy ko’payishning morfo-fiziologik asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Jinsiy ko’payishning morfo-fiziologik asoslari.
Jinsiy ko‘payish hayvonot 
dunyosida turli-tuman yollar bilan amalga oshadi
Ba‘zi hayvonlarning ko‘payish ikkilamchi hodisa hisoblanadi.Jinssiz 
ko‘payish organizmning normal rivojlanishining buzilishi hisoblanadi. Jinsiy 
ko‘payishda boshlang‘ich hujayra gametalarning qo‘shilib zigota hosil qilishi, 
jinsiy ko‘payishda esa, somatik hujayra boshlang‘ich hujayra hisoblanadi. jinsiy 
ko‘payish jarayonlariga maydalanish, blastula, gastrulyasiya termintarini qo‘llab 
bo‘lmaydi, embrion varaqlari tushunchasmi ham hamma vaqt qo‘llab bo‘lmaydi. 
Jinsiy ko‘payishda filogenetik belgilar takrorlanmaydi. 
Jinsiy ko‘payishda butun organizmning, yoki uning ma‘lum qismining 


19 
6-rasm. Hayvonot olamida jinssiz ko‘payishning tarqalishi. 
1-jinssiz ko‘payish uchramaydigan sinflar; 2-jinssiz ko‘payish kam uchraydigan 
sinflar; 3-ko‘plab oilalari va turkumlari jinssiz ko‘payadigan sinflar; 4-hamma 
vakillari jinssiz ko‘payadigan sinflar(O.M.1970 bo‘yicha). 
dezintegrasiyasi kuzatiladi. Jumladan, tashqi omillar ta‘sir etmasdan paratomiyada 
bo‘linish zonasi paydo bo‘ladi. Bu zonadagi hujayralarnnig hammasida (teri, 
ichak) dastlab nekroz paydo bo‘ladi. P, P. Ivanov 1903 yilda kam tuklilarda bu 
jarayonni o‘zganib, normal fiziologik jarayonning vaqtincha buzilib, 


20 
hujayralaming qayta integrasiyasi sodir bo‘ladi, degan xulosaga keldi. 
Kurtaklanishda ham xuddi shunday jarayon sodir bo‘ladi. B. P. Tokin (1959) 
bunda ovqatlanish tufayli morfo-fiziologik jarayonlar buziladi, deb tushuntiradi. O. 
M. Ivanova-Kazas (1970,1976) ham jinsiy ko‘payish sabablarini tahlil qilgan. 
Jinsiy ko‘payishning blastogenez, ya‘ni blastomerlardan hosil bo‘ladigan 
organizm, blastozoid, ya‘ni blastomertardan rivojlanadigan hayvon, deb atalishi 
ham mumkin. Bitta, yoki bir necha somatik hujayradan yangi organizm paydo 
bo‘lishi, somatik embriogenez ham deb ataladi. Somatik embriogenezda dastlabki 
individual xususiyatlar (piyoz, kurtak) yo‘qoladi, simmetrik holat buziladi. 
Somatik embriogenezda yangi organizm somatik hujayralardan, to‘qimaning 
ma‘lum qismidan, organdan, lichinkaning yoki embrioning ma‘lum qismidan hosil 
bo‘ladi (7-8-rasmlar). 
Bitta hujayra, to‘qima yoki organizmmng jinsiy (bo‘linish) yo‘li bilan 
ko‘payishi natijada hosil qilingan individlar yig‘indisi, klon deb ataladi. Klon 
grekcha elon - novda degan ma‘noni bildiradi. 
7-rasm. O‘simliklarda somatik embriogenez (R.G.Butenko, 1964 bo‘yicha). 
A- agar eritmasida sabzining bitta hujayrasidan embrionsimon strukturaning 
hosil bo‘lishi; B- undan to‘liq o‘simlik o‘sishi; V- sabzi to‘qimasini o‘stirish va 
somatik embriogenez jarayoni; 1- dastlabki sabzi ildiz mevasi; 2- kallus to‘qima 
olish; 3- hujayrani o‘stiruvchi eritma; 4- hujayra suspenziyasi eritmasi; 5,6- 
somatik embriogenez bosqichlari; 7- bitta hujayradan emdrionsimon structura 
olish; 8- toliq o‘simlik rivojlanishi. 


21 
8-rasm. Gidrada somatik embriogenez (B.P.Tokin, 1987 bo‘yicha). 
A- gidraning noto‘g‘ri taraqqiy etgan tanasi; B,V- kurtakning nuqtali kuygan 
joydan taraqqiy etishi; G-E-operasiya sxemasi; J-Z- gastral qism bo‘lagidan, mayib 
gidra taraqqiy etishi. 
Klon mikroorganizmlarda, o‘simlik va hayvonlarda ko‘proq hosil (mahsulot) 
olish uchun gen, yoki hujayra inleneriyasi usuli bilan hosil qilinadi. 
Tuban o‘simlik va hayvonlarda urug‘lanmasdan ko‘payish hodisasi., agam deb 
ataladi. Agam hodisasi umurtqali hayvonlarda, jumladan, kavkaz kaltakesagida 
ham uchraydi. Agam grekcha "a" - yo‘q, "gamos" - qo‘shilish degan mal noni 
bildiradi. 
Xulosa qilib aytganda, jinsiy ko‘payish murakkab jarayon bo‘lib, hali uning 
o‘rganilmagan xususiyatlari ko‘p. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin