Boshlovchi nima qilishi kerak: Agar bu xil qiliqlar guruhga ishlayotgan bo‘lsa, ularni noverbal ravishda rag‘batlantirish kerak emas. (tabassum qilish, bosh qimirlatib tasdiqlash va h.k.). Ularga so‘zlash uchun beriladigan vaqtni cheklash kerak, guruhning ishi va diqqati bir xil taqsimlanganligini e’tirof etish kerak: "Men sizning gapingizni bo‘lishga majburman, axir boshqalar ham gapirishlari kerak". Boshqa ishtirokchilarga, ayniqsa gapirmasdan o‘tirganlarga murojaat etish kerak, "buzg‘unchi" ishtirokchi bilan ochiq gaplashib, unga nisbatan fikrlarni bayon qilish lozim.

Jim o‘tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish.
Boshlovchi ularga qiyin bo‘lmagan savollar bilan murojaat qilishi mumkin, ularni juftliklardagi mashqlarga ko‘prok jalb etishi kerak, rolli o‘yinlarda ularga yetakchi rollarni berish kerak, ularning tashabbuslarini qo‘llash kerak, guruhning hamma a’zolarining fikrini davra bo‘ylab so‘rash kerak.
Qarshilik ko‘rsatish — o‘zini himoya qilish. Ba’zi ishtirokchilar juda ko‘p ichki muammolarga ega bulishi mumkin, bunday xolat guruh qoidalariga bo‘ysunmaslikda ko‘rinishi mumkin. Masalan, baxsga chaqiruv; ishonchsizligini ochiq namoyon qilish; boshlovchini nizolarga undash (bunda ishtirokchi boshlovchi o‘zini boshqalarday tutadimi yoki yo‘qmi ekanligini tekshirib ko‘rmokchi bo‘ladi); agar boshlovchi bunday "buzg‘unchi" ishtirokchilarning qiliqlariga e’tibor bermasa, ular hech narsa gapirmay jim o‘tirish reaksiyasi orqali javob berishlari mumkin. Ishtirokchining qarshiligi u konstruktiv ravishda namoyon eta olmaydigan ichki zo‘rikishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Boshlovchi nima qilishi kerak: ishtirokchi bilan alohida gaplashib olish kerak; agar guruhda bitta shunday ishtirokchi bo‘lsa, uning ichidagi gaplarni ayta olishi uchun imkoniyat yaratish kerak; uni nima qiynayotgani, g‘azablantirayotgani hakida gaplashish kerak; faol ishlash uslublaridan foydalanish kerak — zo‘rikish, agressiyani susaytiruvchi o‘yinlarni qo‘llash kerak.