Bunda tovarlarni ishlab chiqarish ularga bo‘lgan talabni qondira olmaydi. Natijada tovarlarning narxi oshib ketadi.
Talab inflyasiyasi pullar taklifining keskin oshib ketishi natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa, urush davrida talab inflyasiyasi kuchayadi. Chunki, korxonalarning asosiy qismi urush olib borish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tkaziladi.
Chiqim inflyasiyasi tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarning oshib ketishi bilan bog‘liq.
Tovarlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxining asosiy qismini tashkil qiluvchi ikki xarajat turi mavjud. Bularning birinchisi xom-ashyo va materiallar sotiib olish xarajatlari bo‘lsa, ikkinchisi ish haqi xarajatlaridir.