Avstraliya, Finlandiya va Shvesiyada Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e'lon qilgan.
Kanada va Yangi Zelandiyada inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
Kanada va Yangi Zelandiyada maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun 18 oylik muddatni belgilandi.
Mazkur muddat tugagandan so‘ng, inflyasiyaning darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish maqsadida, Yangi Zelandiyada yana 12 oylik, Kanadada – 18 oylik muddat belgilandi.
Belgilangan yangi muddatlar tugagandan so‘ng har ikkala mamlakatda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini ta'minlashga muvaffaq bo‘lindi va har ikkala mamlakatda yana besh yillik davrga inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi belgilandi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
2. Davlat byudjeti defisitini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik
Davlat byudjeti defisiti YaIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak.
Davlat byudjeti defisitining YaIMdagi salmog‘ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyasiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi. Bunda Davlat byudjeti defisiti va inflyasiya o‘rtasidagi sezilarli statistik bog‘liqlik nafaqat yuqori inflyasiya sharoitida, balki oqilona inflyasiya sharoitida ham kuzatildi.