Bunda tovarlar va xizmatlarning baholari sekin va past sur'atlarda o‘sib oradi. Ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, sudraluvchi inflyasiya sharoitida baholarning yillik o‘sish sur'ati 5 foizdan 10 foizgacha bo‘ladi.
Inflyasiyaning turlari
5. Yo‘rg‘alovchi inflyasiya
Bunda baholarning yillik o‘sish sur'ati 10 foizdan-50 foizgacha bo‘ladi.
Yo‘rg‘alovchi inflyasiyada baholarning o‘sishi sakragansimon bo‘ladi.
Davlat tomonidan qo‘shimcha pul emissiyasini amalga oshirilishi ham yo‘g‘alovchi inflyasiyani yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Inflyasiyaning turlari
6. Giperinflyasiya
Giperinflyasiyada tovarlar va xizmatlarning baholarini oylik o‘sish sur'ati 50 foizga yetadi va undan oshadi. Demak, inflyasiyaning yillik darajasini 600 foizga yetishi giperinflyasiya hisoblanadi.
Giperinflyasiyaning kuchayishi natijasida milliy valyuta o‘zining xarid qobiliyatini yo‘qotadi va buning natijasida davlat pul islohoti o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Germaniyada 1923 yilda, ya'ni Birinchi jahon urushidan so‘ng 1,3 trln. martaga oshdi. Natijada, davlat 1923 yilda pul islohoti o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Pul islohoti paytida 1 yangi marka 1 trln. eski markaga almashtirildi.