Giperinflyatsiyada tovarlar va xizmatlarning baholarini oylik o‘sish sur'ati 50 foizga yetadi va undan oshadi. Demak, inflyatsiyaning yillik darajasini 600 foizga yetishi giperinflyatsiya hisoblanadi.
Giperinflyatsiyaning kuchayishi natijasida milliy valyuta o‘zining xarid qobiliyatini yo‘qotadi va buning natijasida davlat pul islohoti o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Germaniyada pul qadrsizlanishi 1923 yilda, ya'ni Birinchi jahon urushidan so‘ng 1,3 trln. martaga oshdi. Natijada, davlat 1923 yilda pul islohoti o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Pul islohoti paytida 1 yangi marka 1 trln. eski markaga almashtirildi.
Inflyatsiyaning turlari
7. Lokal (mahalliy) inflyatsiya
Alohida olingan bitta davlatda yoki bitta yaxlit hududda yuzaga kelgan inflyatsiya lokal (mahalliy) inflyatsiya deyiladi.
Bunda inflyatsiya tovarlarning bahosi tarkibida eksport qiluvchi mamlakatdan import qiluvchi mamlakatga kirib keladi. Natijada, tovarlarni import qiluvchi mamlakatning milliy daromadining bir qismi eksport qiluvchi mamlakatning foydasiga qayta taqsimlanadi.
1985 yilda AQSh va Yaponiya o‘rtasida yuzaga kelgan savdo urushining asosiy sabablaridan biri inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi farq edi. Chunki, o‘sha davrda inflyatsiya darajasi AQShda Yaponiyaga nisbatan baland edi. Shunda Yaponiya 19 mlrd. dollar miqdoridagi tovarlarni AQShdan import qilishdan bosh tortgan edi.