Avstraliya, Finlandiya va Shvesiyada Markaziy bank inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e'lon qilgan.
Kanada va Yangi Zelandiyada inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi.
3. Inflyatsiyaga qarshi kurashish yo‘llari
Kanada va Yangi Zelandiyada maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun 18 oylik muddatni belgilandi.
Mazkur muddat tugagandan so‘ng, inflyatsiyaning darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish maqsadida, Yangi Zelandiyada yana 12 oylik, Kanadada – 18 oylik muddat belgilandi.
Belgilangan yangi muddatlar tugagandan so‘ng har ikkala mamlakatda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini ta'minlashga muvaffaq bo‘lindi va har ikkala mamlakatda yana besh yillik davrga inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi belgilandi.
3. Inflyatsiyaga qarshi kurashish yo‘llari
2. Davlat byudjeti defisitini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik
Davlat byudjeti defisiti YaIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak.
Davlat byudjeti defisitining YaIMdagi salmog‘ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi. Bunda Davlat byudjeti defisiti va inflyatsiya o‘rtasidagi sezilarli statistik bog‘liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi.
3. Inflyatsiyaga qarshi kurashish yo‘llari
3. Pul massasining past va barqaror sur'atlarda o‘sishini ta'minlash
Buning uchun Markazyi bank pul agregatlaridan birini tanlab olib, uning past va barqaror darajada o‘sishini ta'minlashi kerak.
Hozirig kunda Yevropa Markaziy banki M3 pul agregatini, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy banklari M2 pul agregatini o‘sishini nazorat qiladi.