Infokommunikatsiya tizimlari



Yüklə 97,73 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü97,73 Kb.
#198826
1   2   3   4   5   6
LOYIHA

Loyihaning biznes rejasi:
Rezyume (Biznes g‘oyaning asosiy mohiyati –startap loyiha innovatsion g‘oyasining sifatli va aniq tavsifi (500 so‘zdan ortmagan), startap loyiha iste’molchilari muammolari yechimining mohiyati nimada, ya’ni iste’molchi nima uchun pul to‘laydi (yoki to‘lamoqda), Rezyume startap loyihaning asosiy natijalari va istiqbolli xulosalarini o‘z ichiga olganligi sababli, bisnes reja ishlab chiqishning eng oxirida tuziladi).
Mazkur loyihani tayyorlashdan maqsad O‘zbekiston turistik shaharlariga sayohat uyushtirish hisoblanib, bu jarayon Toshkent, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida amalga oshiriladi. Loyihaning dastlabki bosqichi 1 yil davomida Toshkent shahrida tayyorlanadi hamda Toshkent shahrining o‘zida va maxsus yaratiladigan veb sayt orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatilib, xizmatlar sotiladi. Loyihaning onlayn platformaga joylanadigan qismi butun loyihaning eng yaxshi sahnalari va kadrlarining 10 % ini tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish narxi mahalliy va xorijiy sayohatchilar uchun 15000 so‘mni tashkil qiladi. Bir yillik xizmat ko‘rsatish quvvati 249 000 sayyoh.
Mazkur loyiha orqali esa yuqorida qayd qilingan masalalarga yechim qilish maqsad qilingan. Bunday turdagi xizmatlardan foydalanish uchun mahalliy sayyohlar ham, xorijiy sayohatchilar ham bir xil katta qiziqish bilan to‘lov to‘lashga tayyorlar. Buni Toshkent shahrida o‘tkazgan so‘rovnomalarimizda aniqlaganmiz.
Biznes-loyiha haqida ma’lumot (arizachi amalga oshirishni rejalashtirgan biznes moxiyatining tavsifi, loyihaning birinchi bosqich natijalarini umumlashtirish – biznes yo‘nalishini tanlash).
Biz jamoamiz bilan Toshkent shahri, Xiva, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi tarixiy obidalarga sayohat uyuushtirishni rejalashtirganmiz. Loyihaning dastlabki qismi Toshkent shahrida tayyorlanadi. Har bir shaharga velosipedlarni saqlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida 2 tadan shaxobchalar quramiz. Jami 4 ta shaharga 8 ta shaxobcha quriladi. Shaxobchalar har birining hajmi 1,5x1,5 metr bo‘ladi.
Loyihani tayyorlashda dastlab uning barcha xujjatlarini to‘playmiz. Masalan, amaliy gid-ekskursavod ishlarini bajarayotganlarni jalb qilgan holda loyihaning bajariladigan qismlari va ular to‘g‘risidagi yozma manbalarni to‘playmiz. Faoliyatimizni qaysi yo‘nalishlarda olib borishimiz va ichki qismlarining tarkibini kelishib, xujjatlashtirib olamiz. Ikkinchi bosqichda, grafikchi dasturchilarni jalb qilgan xolda shaharni xaritasini yaratamiz.
Loyihaning dastlabki bosqichlari amalga oshirilishi natijasida Toshkent shahrining sayohat uyushtirish mumkin bo‘ladigan ishlanma yaratiladi. Bu ishlanma o‘zining interaktivligi, ko‘lamdorligi va zamonaviy talablarga to‘la javob bera olishi bilan mahalliy va xorijiy turistlarni mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilishlari uchun undashda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 97,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin