Информацион техналогиялар ва тизимлар



Yüklə 439,5 Kb.
səhifə13/23
tarix05.04.2023
ölçüsü439,5 Kb.
#93849
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Fuqaro muhofazasi fanidan ma\'ruza matnlari

Ma’ruzaning mazmuni

Mamlakatimizda Fuqaro muxofazasi deganda axolini, moddiy boyliklarni, xalk xujaligi ob’ektlarini, yadro-ximiyaviy, bakteriologik va boshka turdagi kurollardan ximoya kilish maksadida tinchlik va favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan umumdavlat mikesida olib boriladigan muxofazalash tadbirlari tizimidan iboratdir. Fuqaro muxofazasining tuzilmalari tinchlik vaktida tabiiy ofatlarni, shuningdek ishlab chikarishda ruy beradigan yirik avariyalarni bartaraf etishda ishtirok etadi. Favqulodda vaziyatlar sodir etilgan takdirda yoki dushman xujum kilib kolgan vaziyatda Fuqaro muxofazasining tashkilotlari tomonidan axolini turli zaxarlanish uchoklarida kechiktirib bulmaydigan kutkaruv ishlarini olmb borish va vayronagarchilik okibatlarini bartaraf kilish buyicha respublika, ulka, viloyatlar, shaxarlar, rayonlarda va xalk xujaligining barcha soxalarida Fuqaro muxofazasining shtablari va uning xizmatlari tuziladi..


Fuqaro muxofazasining shaxsiy tarkibi va axolini ma’naviy- siyosiy va ruxiy jixatdan tayyorlash.
Raketa – yadro kuroli va boshka turdagi yalpi – kirgin kurollari insonlargaa nafakat jismoniy jixatdagina emas, balki ma’naviy-ruxiy tomonlama xam ta’sir kursatadi. Bunday kurollarning ta’siri tufayli tayyorgarlik kurmagan kishilar dilxasta bulib kolishadi, yuragiga kurkuv soladi, ruxiyatiga salbiy ta’sir kursatadi, ma’naviy xolatiga putur etkazadi.Taxminiy dushman tomonidan ommaviy kirgin kuroli ishlatilgan takdirda Izbekistonda istikomat kiluvchi barcha xalklardan sabr – matonatli bulishni, uzini tugri tuta bilishni, ortikcha xis – xayajonlarga berilmaslikni va mardonalik bilan barcha tusiklarni enga oladigan darajada xarakat kilishlari talab etiladi. Chunki xaetiy tajribalar shuni kursatadiki, aynan ma’naviy – siesiy va ruxiy jixatdan yaxshi tayergarlikka ega bulgan Fuqarolargina bu kabi favqulodda vaziyatlarda daddillik va kat’iyatlik bilan ish yuritishadi.
Qurolli kurashning, xususan yadroviy va boshka turdagi ommaviy kirgin kurollari ishlatilgan takdirda, urushning takdiri va olib borish usullari tubdan uzgarishi ma’naviy faktorning axamiyatini nixoyatda ortib ketadi. Axolining barcha toifalari, ayniksa Fuqaro muxofazasining xarbiylashtitrilmagan tashkilotlarining shaxsiy tarkibi va uning ma’naviy – siesiy va ruxiy jixatdan kurilgan tayergarligi xozirgi kunda xar kachongidan xam muxim va juda zarur bulib borayapti.
Ma’naviyat deganda insonlarning ichki xis – tuygulari va kalb - kuri idrokiga suyangan xolatda xosil kiladigan xatti – xarakatlarini xamda uzga insonlarga nisbatan bildiradigan munosabatlarida aen buladigan xarakteriga aytiladi. Umumlashgan xolatda, ya’ni jaiyat mikesida Ma’naviy omilni shakllantiradi – bu degani mamlakatning ma’naviy boyligi bulib, u axolining akliy saloxiyati ifodalanib, uz navbatida ijtimoiy, iktisodiy va mudofaa maksadlar kulamining ruyobga chikaruvchi omil vazifasini utaydi.
Ma’lumki, tabiiy ofatlar va boshka turdagi favkulodda vaziyatlar, korxonalardagi xalokatlar va xakozo favkulodda vaziyatlar xalk xujaligiga katta talofatlar etkazishi va insonlarni ma’lum darajada taxlikaga solishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlarda fukaro muxofazasi tashkilotining talafotlarni kamaytirish, favkulodda vaziyatlarning oldini olish va okibatlarini bartaraf etishdagi ishtiroki katta axamiyatga ega. Shuning uchun xam barcha fukarolar fukaro muxofazasini umumxalk ishi deb karashi, fukaro muxofazasi vazifalarini bajarish xar bir fukaroning vatanparvarlik burchi deb tushunmogi kerak. O’zbekiston Respublikasi fukaro muxofaza(FM)si kuch va jixozlarini axolini birinchi navbatda tinchlik davrida yuzaga kelishi mumkin bulgan favkulodda vaziyatlardan muxofazalashgatayyorlaydi. Sir emas, bizning respublikamiz er sharining seysmik jixatdan xavfli xududlarga tegishli bulgan mintakalrga joylashgan, ya’ni er silkinish kuchi Rixter shkalasiga binoan 9 ballga etishi mumkin, bundan tashkari togoldi xududlardatez – tez kuchkilarning sodir etilishi, vodiylarda esa suv toshkinlari, ishlab chikarish korxonalarida avariyalar uchrab turadi. Bu turdagi vaziyatlarga duch keladigan insonlarda, barcha kuch va imkoniyatlarini xaddan tashkari kuchlanganlik vaziyatida ishga solishini talab etadi, bu esa uz navbatida turli kurinishdagi ruxiy zurikishlarning yuzaga kelishiga sababchi buladi. Bunday vaziyatlarda ishonchsizlik,kurkuv, tashvish, charchash, bekarorlik kabi xislatlar yuzaga kedib, insonlarning ma’lum belgilangan ishlarni ro’ebga chikarishga to’siq bo’ladi.
.
MA’NAVIY – SIYoSIY TAYYoRGARLIK deganda, Fuqaro muxofazaning bulinmalari shaxsiy tarkibining va butun axolining bir maksadga karatilgan xolda, xukumat siesatini, davlat manfaatlarini, vatanni ximoya kilish uchun olib boriladigan urushning moxiyati xamda maksadlarini chukur tushuntirgan xolda, ularni xalkparvar goyalar bilan kurollantirish asosida taxminiy dushman tomonidan yangi urush olovini yokishga jur’at etgan takdirda yuz beradigan eng ogir sharoitda uzlarini tugri tuta bilishga urgatish tushuniladi.
Ma’naviy – siyosiy tayyorgarlik natijasida uzbek xalkining goyaviy etukligi, siyosiy jixatdan ongliligi, yuksak intizomligi, doimiy xushyorligi, vatanni ximoya kilishga butun kuch – kudratini sarflash xamda zarur deb xisoblangan vaziyatlarda vatan uchun jonini xam fido kilish kabi xislatlatlarni uzida mujjasamlishtirgan bulishlari kerak.
RUXIY TAYYoRGARLIK q deganda, axoli orasida va xususan xar-biylashtirilmagan bulinmalarning shaxsiy tarkibida eng zarur bulgan xislatlarni, jumladan zamonaviy urush vaktida vujudga keladigan eng keskin va eng xavfli sharoitda yurish – turish, axlokiy printsiplariga tula mos xolda dadil xarakat kilish kobiliyatini kuchaytiradigan ruxiy xislatlar xosil kilish, odamlar ruxini urush davridagi ogir musibatlarga, xar kanday man’naviy va jismoniy zurikishlarga bardosh beradigan kilib rivojlantirish va takomilashtirish eng ogir paytlarda xam uzini yukotmaslik sabot-matonotli bulib mardlik, jasurlik, aktivlik va tashabbus kursatish tushuniladi .
Фавкулодда вазиятларда инсонларда юзага келиши мумкин булган «куркув» тушунчасини назорат килинадиган ва назорат килинмайдиган турларга ажратиш кабул килинган. Назорат килинадиан вариантида инсон хавф-хатар тугрисида маълум тушунчаларга эга булади ва бу вазиятларни четлаб утишга харакат килади. Назорат килиб булмайдигани мутахассисларнинг фикрига биноан ирсоннинг вахимага тушиши ва бошкариш жараёнининг йуклиги билан характерланар экан.
Куп маротаба хавф - хатарларга рупара келган машхур саёхатчи Э. Бишоннинг таъкидлашича назорат килинмайдиган куркув – «жсмоний жихатдан ута чиниккан спортсменни хам ута тахликали вазиятга тушириши мумкин». Худди шунингдек бу вазиятнинг тескариси, яъни «жисмоний жихатдан ута заиф булишига карамай маънавий чиникканлиги хисобига кахромонга айланиши мумкин». Ахолининг алохида гурухларининг фавкулодда вазиятлар шароитидаги тугри хатти – харакатларининг асосини шу гурух таркибидаги алохида ажралиб турадиган шахснинг хатти- харакатига боглик булишлиги аникланган. Шу билан биргаликда маълум жамоа томонидан у ёки бу турдаги фавкулодда вазиятларни бартараф килиш масаласининг ечими маълум гурухнинг хатти - харакатига боглик буларкан.
Ma’naviy-siyosiy va ruxiy tayyorgarlik-uzaro boglik va bir-birini takoza etadigan yakka-yagona uzliksiz jarayondir. Uningob’ektiv faoliyatida ma’raviy-siyosiy va psixologik sifatlar zuxur buladigan insondir; uning maksadi insoning akl-idroki xamda psixikasiga ta’sir kursatish, Vataning yuksak darajada ongli va jasur ximoyachilarini tarbiyalashdir.Bu yagona jarayonda axolining ma’naviy – siyosiy jixatdan tayyorgarligi xal kiluvchi omil bulib xisoblanadi.
Ma’naviy – siyosiy va ruxiy jixatdan tayyorlashning eng muxim yuna-
lishlaridan biri - bu ommaviy kirgin kurolidan muxofazalanish mumkin-
ligiga, ayniksa xar bir Fuqaroning shu jumladan jamoaning xar kanday kurinishdagi xavfli vaziyatlardan xam mumkin kadar kam talafot bilan chikib ketish mumkinligiga ishonch xosil kilish kerakligi katta axamiyatga ega buladi.
Yadroviy kurolning juda katta zarar keltiruvchi omillari va uning okibat- laridan ogox bulish kerakligi xamda muxofazalanish inshootlari va vosi- talaridan unumli va okilona foydalanilgan takdirda axoli orasidagi yuzaga kelishi mumkin buladigan talafotlar anchaga kamaytiriladi. Axoli orasida etarli darajada targibot–tashvikot ishlari olib borilgan takdirda, ya’ni yadroviy kurolning zarar keltiruvchi omillariga tugri baxo berish, pisand kilmaslik kabi xayollardan yirok bulish, mabodo xavfli vaziyat taxmin kilinsa, axolining barcha kismi xech kanday vaximaga tushmasdan, xar bir фuqaro uz vazifasiga tugri yondashgan xolda kerakli xatti-xarakatlarni uzida mujassamlashtirgan bulishi zarur. Zamonaviy urushning salbiy okibatlari, ayniksa yadroviy, ximiyaviy va bakteriologik kurollarning zarar keltiruvchi omillari xaddan tashkari xatarli ekanligini unutmaslik, shu bilan birgalikda bunday kurollarning xavfli tomonlarini burttirmasdan etarli darajada asoslab berish kerak.
Ma’naviy – siyosiy va ruxiy jixatdan tayyorlashning yana bir muxim yunalishparidan biri uzbek xalkining boy an’analaridan biri bulmish- xar kanday dushmanga kakshatgich zarba bera olishligi va Vatanimiz sarxadlaridan xaydab chikarishga kurbi va kudrati etishligiga ishonchi komilligi, ularni, ya’ni Fuqarolarimizni kurkuv va vaximaga tushmaslik kabi ruxlarda tarbiyalashga yordam beradi. Maboda Fuqaroni vaxima bossa yoki kurkuv xolatiga tushsa, u xolatda unday shaxslar vaziyatga karab ish tutolmaydi, uzini-uzi muxofazalashi tugrisida muloxaza yurtish juda kiyin. Albatta, axoli orasida uzini-uzi muxofazalash kabi xususiyatlarni xosil kilishda amaliy mashklarning roli bekiyos katta xisoblanadi, Buning uchun amaliy mashgulotlarni ommaviy kirgin kurollarning shikastlanish uchoklariga uxshash sharoitlarda olib borish xamda vaximaga tushish extimoli bor Fuqarolarga jamoa tomonidan ijobiy tomonlama kullab-kuvvatlash kabi xarakatlar insonga daddillik bagishlaydi, uning ruxiy iztiroblarga tushish xolatlari yukoladi.
Axolini amaliy mashgulotlarga jalb kilish, uni ma’naviy-psixologik jixatdan tayyorlash vazifasining muvaffakiyatli xal etilishiga tegishli ukuv-moddiy bazasi bulgan takdirdagina erishish mumkin. Bunday bazaning asosini kup vazitlarda ukuv-mkshgulot shaxarchalari, ish olib boriladigan tabiiy uchastkalar va turli ob’ektlarga karashli bulgan uyingoxlar tashkil etadi. Bu turdagi ob’ektlarda ukuv-mashgulot bazalaridagidek urush vaktidagidek xar xil uxshash sharoitlar yaratiladi: yongin uchoklari, tutun bosgan zonalar, emirilgan imoratlar va bosib kolgan uchastkalarni barpo etish, soxta portlashlar, turli chaknashlar va boshka turdagi turli xodisalarni vujudga keltirish mumkin.
Axolini ma’naviy- siyosiy va pixologik jixatdan tayyorlash ishining tarkibiy kismlaridan Yana biri Fuqaro bilimlarini propaganda kili shva axolii ongiga etkazish vazifalarini uz ichiga kamrab oladi.Shuningdek xozirgi kunda bu kurinishdagi tashfikot ishlari keng kuloch yoyib bormokda va buning uchun barcha mavjud vosita xamda usullardan foydalanilmokda.
Shuni ta’kidlash joizki, axolini ma’naviy-siyosiy va psixologik jixatdan yuksak darajada tayyorlash jarayoni va uning axamiyati Fuqaro muxofazasining axolini turli kurinishdagi favqulodda vaziyatlardan muxofazalash vazifasining muvoffakiyatli xal etilishiga yordam beradi,shu jumladan uning ishonchliligini va samaradorlik darajasining oshirilishiga turtki bergan buladi.

MA’RUZA BUYIChA NAZORAT SAVOLLARI:



  1. FV larda FM shtabining olib boradigan chora tadbirlari nimadan iborat

  2. Axolini ma’naviy jixatdan tayyorlashning moxiyati nimadan iborat.

  3. Siyosiy va ruxiy tayyorgarlikning mazmuniga nimadir kiradi.

  4. Axolini ma’naviy-siyosiy va ruxiy jixatdan tayyorlash buyicha utkaziladigan chora tadbirlarga nimalar kiradi.

  5. Zamonaviy kurollar ishlatilgan takdirda ma’naviy-siyosiy va ruxiy tayyorgarlik kanday kurinishda olib boriladi.




Yüklə 439,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin