RADIATSIYA ME’YORINI ANIQLASH. Radiatsiya me’yorini aniqlash uchun qo’yidagi amallar bajariladi:
zond ekranini “G” holatiga o’rnatish hamda zondni g’ilofiga joylashtirish,
priborni yer sathidan 0,7-1 metr balandlikda qilibbo’yinga osib quyish kerak.
diapozon ruchkasini “200” holatiga o’rnatib mikroampermetrning 0-200 r/s pastki shkalasidan ko’rsatgichni olish kerak. Bu diapozonda 5 r/s-dan katta bo’lgan radiatsiya me’yorini o’lchash mumkin.
pribor 5 r/s-dan kam ko’rsatadigan bo’lsa, diapozon ruchkasini keyingi vaziyati ya’ni x1000-ga o’kazib, mikroampermetrning yuqori shkalasidagi 0-5 r/s qiymatlar ko’rsatgichidanqiymat olinib, uni 1000-ga ko’paytiriladi va 5 r/s-gacha bo’lgan radiatsiya me’yori aniqlanadi.
Turli obyektlarning radiatsiya bilan zararlanish darajasini aniqlash.
mikroampermetrning yuqorigi shkalasi 0-5 r/s ko’rsatgichidan ko’rsatgich olinib, olingan sonni 1000-ga ko’paytirib. gamma-fon miqdori aniqlanadi.
pribor 5 r/s-dan kam ko’rsatadigan bo’lsa, diapozon ruchkasini keyingi holatga x100-ga o’tkazib, mikroampermetr strelkasi ko’rsatgan sonni 100-ga ko’paytirib, natijaviy radiatsiya me’yori aniqlanadi.
Individual va guruhlar bo’yicha dozimetrik nazorat o’tkazish. Radiatsiya bilan zararlangan joyda aholining tashqi nurlanish dozasini, DP-22V hamda DP-24 asboblarning tarkibida qiruvchi DKP-50A individual dozimetr yordamida aniqlash mumkin. Bu pribor yordamida 2-50 P-gacha bo’lgan gamma nurlanishning individual dozasini aniqlab beradi.
Dozimetrni ishga tayyorlash ketma-ketligi qo’yidagicha:
priborni himoya vositasini hamda zaryad berish moslamasidagi zaryad uyasining himoya qolpog’ini burab olish,
potensiametr ruchkasini soat strelkasi yo’nalishiga qarshi oxirigacha burash (dastlabki vaziyatiga keltiriladi)
dozimetrni zaryad berish uyasiga o’rnatish
okulyarga qarab, dozimetrni bir barmoq bilan oz darajada qisib, ikkinchi qo’l bilan potensiametr ruchkasini soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha burab shkaladagi ko’rsatgich chiziqni “O” vaziyatiga keltiriladi, so’ngra dozimetrni uyadan olib, himoya vositasini va zaryad uyasini himoya qalpog’ini joyiga burab qo’yish kerak.