Bakteriologik vositalarning qo’llanishida yuzaga keladigan zararlanish darajasini aniqlash jarayoni qo’yidagi usulda amalga oshiriladi:
oziq-ovqat ob’yektini tekshirishdan o’tkazish,
ochiq yotgan oziq-ovqat mahsulotlarning yuzasidan olinadi, idishlarda yopiq joylashgan oziq-ovqatlar partiyasini 10-joydan ochib, har bir joyidan 50-100 gramm miqdorda namuna olinadi, qattiq mahsulotlardan 1 sm. chuqurlikdan (non, go’sht), sochiladigan mahsulotlardan 3 sm. chuqurlikdan (un, guruch), govanli mahsulotlardan 10 sm. chuqurlikdan (makaron, suxari), yarim suyuq mahsulotlardan 5 sm. chuqurlikdan (murabbo), ichimliklar yuzasidan va shisha nay yordamida idish tubidan namuna olinadi. Bu namunalar ham nomerlanib, og’zi muhrlanadi, har biriga alohida yo’llanma yozib laboratoriyaga yuboriladi.
Jo’natilgan yo’llanmada qo’yidagi ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lishi shart: Qachon (sana,sutkaning qaysi vaqti), kim tomondan va qaerdan namuna olinganligi hamda jo/natish manzili to’g’risida to’liq ma’lumot yuboriladi.
X U L O S A: Shunday qilib, talabalar tomonidan mashg’ulot yakunida qo’yidagi bilim va ko’nikmalarni o’zlarida mujassamlashtirilgan bo’lishlari kerak: Radioaktiv, ximiyaviy va bakteriologik zararlanish darajalarini aniqlashda qo’llaniladigan asboblarning turlari hamda tuzilishlariga oid bilim va tasavvurga ega bo’lishadi.
Radioaktiv va ximiyaviy zararlanish darajalarini asboblar yordamida aniqlash bo’yicha malaka va ko’nikmalarga ma’lum erishadilar.
Zararlanish darajasining aniqlanish darajalariga asosan to’g’ri hatti-harakatlarni hosil qilish bo’yicha kerakli qarorlarni chiqarish yoki tavsiya eta oladigan bo’ladilar.
A D A B I Y O T L A R:
Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. O’quv qo’llanma. Fuqaro muhofazasi instituti – 2001 yil.
Гражданская оборона под редакцией Е.П. Шубина М., Просвещение, 1991- год.
N.D. Kozmin, X.I. To’ychiyev “Aholini yalpi qirg’in qurullaridan himoya qilish vositalari va usullari”. O’zbekiston nashriyoti. Toshkent., 1977 yil.
I.I. Mamatov. ”Harbiy toksikologiya va tibbiy muhofaza ” Toshkent, 1997 yil.
Mavzu: “Favqulodda vaziyatda o’qituvchilar va o’quvchilar tarkibining xatti-harakati”