Ko’rgazmali qurollar: Amaliy darsga oid plakatlar, rasmlar, diafilm va dozimetrik asboblar: DP-5A, DP-22V, DP-24.
VPXR va PPXR.
AMALIY MASHG’ULOT
Favqulodda vaziyat sharoitini baholashda radiatsion, ximiyaviy va bakteriologik nazorat usullari
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga radiatsion, ximiyaviy va bakteriologik nazorat asboblarining tuzilishi va ulardan foydalanish jarayonini o’rgatishdan iborat.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHALAR
Radiatsion, ximiyaviy va bakteriologik asboblarning turlari
RM-larning mavjudligini aniqlash usullari
ZM- larning mavjudligini aniqlash usullari
BV- larning mavjudligini aniqlash usullari
MASHG’ULOT BO’YICHA NAZORAT SAVOLLAR.
DP-5A dozimetrik asbobining tuzilishi va ishlash jarayonini ko’rsating
DP-24 va DP-22V asboblarining tuzilishi va ishlash jarayonini ko’rsating
VPXR va PPXR asboblarining tuzilishi va ishlash jarayonini ko’rsating
Bakteriologik aerozollarning mavjudligini aniqlash va ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi?
DKP-50A asbobi yordamida qaysi turdagi zararlanish va qanday aniqlanadi?
FAVQULODDA VAZIYAT SHAROITINI BAHOLASHDA. RADIATSION, XIMIYAVIY VA BAKTERIOLOGIK NAZORAT USULLARI.
Radiatsiya meyorini aniqlashda dozimetrik asboblardan foydalaniladi. Bu asboblarga qo’yidagilar kiradi: DP-2, DP-3, DP-5A, DP-5B, DP-12, DP-22V, DP-23A, DP-24, DP-63A, DP-64.
Zararlangan joyda radiatsiya meyorini va turli obyektlarinig radioaktiv zararlanish darajasini aniqlash.
Odamlarnind terisidagi, kiyimlaridagi, oziq-ovqatlar tarkibidagi, suv va turli boshqa buyumlardagi radiatsiya meyorini hamda radiatsiya bilan zararlanish darajasi хamda gamma nurlanish bo’yicha zararlanish darajalarini aniqlashda sanoatda ishlab chiqilgan DP-5A rengen-radiometrik asbobidan foydalanishadi.
DP-5A priborni ishga tayyorlash:
zondni g’ilofdan chiqarish,
telefonni asbobga ulash
diapozonni o’zgartirish dastasini “оchirilgan” vaziyatga burash, so’ngra dastasini soat strelkasiga teskari tomonga oxirgacha burash,
korrektor qopqog’ini chiqarib olib, strelkasini nol holatiga keltirib, qopqog’ini joyiga burab quyish,
diapazon dastasini “Rejim” vaziyatiga burab, priborni ishga tushirish,
Rejim dastasini soat strelkasi bo’yicha burab, mikroampermetr strelkasini uchi pastga qaragan uchburchak belgiga keltirish kerak. Agar strelka ungacha bormasa priborni ulash va energiya manbaining ishga yaroqligini tekshirib ko’rish kerak,
g’ilof qopqog’iga o’rnatilgan radioaktiv manba yordamida-priborning hamma diapazonlarida: birinchi “200” va boshqa vaziyatlariga burab ish faoliyatini tekshirib ko’rish,
zond ekranini “B” vaziyatiga burab, zondni shunday o’rnatish kerakki, radioaktiv manba zond oynasiga qarama-qarshi bo’lsin,
telefonni ulash
diapazon dastasini asta-sekin burab, 200, x1000, x100,…x0,1 vaziyatiga o’tkazib, pribor ko’rsatgichlarini kuzatish bilan birga telefonda qitirlagan ovozni eshitish mumkin,
radioaktiv manbai aktivligi yetarli bo’lmagan taqdirda ampermetr strelkasi diapazon dastasi x10, x1 vaziyatlarida bo’lganda joyidan suriladi, diapozonning x1000 va x100 bo’lgan vaziyatlarida strelka joyidan siljimaydi,
diapozon dastasini “Rejim” holatiga qo’yish.
Pribor ishga tayyor.
Dostları ilə paylaş: |