Katta talofatlar asosan portlashlar, yong’inlar, atrof-muxitning KZM va RM lar bilan zararlanishi tufayli yuzaga keladi. Portlashlar va uning natijasida sodir etiladigan yong’inlar tufayli portlash moddalarining zaxarli moddalar sifatida atrof – muxitga tarqalishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ko’pincha uglevodorodli maxsulotlarning xavo qopqoqlariga yigilib qolishi, ulardagi mavjud nosozliklar xisobiga tashqariga chiqib ketishi va issiq manbalariga kelib tegishi natijasida portlashlar sodir etiladi. Yong’inlar elektr tarmoqlaridagi nosozliklari xisobiga xam yuzaga keladi, ayniqsa, xajmlardagi va boshqa turdagi idishlardagi kamchiliklar sabablariga ko’ra sodir etiladi.
III. FM ning axolini ogoxlantirish va ko’chirish bo’yicha o’tkaziladigan chora- tadbirlari. Axolini turli ko’rinishdagi FV lardan muxofazalash bo’yicha o’tkaziladigan barcha chora - tadbirlar orasida uning dastlabki bosqichi sifatida axolinining barcha qatlamlarini o’z vaqtida ogoxlantirish va qanchalik tezkorlik bilan amalga oshirilishiga erishilsa, u shu darajada ko’proq foyda beradi. Bu amaliyotni FVning maxalliy bo’linmalari va ular ixtiyorida bo’lgan barcha tashkilotlar tarkibidagi FM shtablarining mutasadi xodimlari tomonidan ma’lum belgilangan rejalari asosida amalga oshiriladi.
Ogoxlantirish jarayoni radio, teleko’rsatuvlar va shtab tarkibiga biriktirilgan transport vositalarida ovoz kuchaytirgichlar yordamida yoki ishlab chiqarish korxonalarida beradigan signallar orqali amalga oshiriladi.
Sirenalar ovozi, korxonalardagi signallar, transport vositalari yordamida quyidagi ogoxlantiruvchi ma’lumotlar beriladi: «XAMMANING DIQQATIGA!!!Bu ma’lumotni eshituvchilari diqqatiga aytilganda quyidagilar ta’kidlanadi: zudlik bilan radio va telekirsatuvlari orqali FM ning xabarlarini eshiting va ko’rsatmalariga rioya qiling!
Agar xalokat ximiyaviy xabarli korxonalarda kelgan bo’lsa, u xolda axoliga eshittiriladigan ma’lumot mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin: Diqqat !!! FM ning ShTABI GAPIRAYAPTI! FUQAROLAR ! GIShT KOMBINATIDAGI FALOKAT TUFAYLI KZM – AMMIAK ning TIKILIShI XISOBIGA zararlangan xavo oqimi axoli istiqomat qilayotgan manzilning sharqiy (janubiy yoki tarafta)tomoniga tarqalmoqda. Shuning uchun shu yo’nalishdagi ko’cha va maxallalarrda yashayotgan axolining ko’chalarga chiqmasligi, uy va xonalardagi barcha tirqishlarni qo’shimcha zichlovchi materiallar bilan yaxshilab berkitilish zarurligi uqtirib o’tiladi.
O’ta xavfli ko’chalarda yashayotgan axoliga darxol zudlik bilan qaerga qo’chish kerakligi va qo’shnilarga xam aytish zarurligini eshittiradi. Ko’chib borgandan so’ng FM shtabining ko’rsatmalariga rioya qilish kerakligi ta’kidlab o’tiladi.
Er silkinishining extimoli yuzaga keladigan bo’lsa, u xolda axoliga quyidagicha murojaat etiladi: «Diqqat !!! FM ning shtabi gapiradi! Er silkinishining yuzaga kelish extimoli tufayli quyidagi extiyot choralarni ko’ringlar: gaz, suv, elektr tokini, o’chog’dagi olovni o’chiring». Olingan ma’lumotni qo’shnilarga etkazing, o’zingiz bilan kerakli kiyimlar xujjatlar, oziq- ovqatlar,suv olib ko’chaga chiqinglar, qariyalar va kasallarga yordam ko’rsating, xamda imorat va elektruzatgich (sim)lardan uzoqda bo’lish kerakligi aytib o’tiladi.
Agar er silkinishning birinchi tebranishida uyda bilsngiz, u xolda darxol deraza yoki eshik oldida turishni intiling. Tartib saqlashga va vaxima qilmaslikka chaqiramiz. FM shtabning ma’lumotlariga e’tibor bilan axamiyat bering.
Agarda dushman tomonidan xujum xavfi keladigan bo’lsa, mashalliy xokimiyat va FVlarning joylardagi shtabi tomonidan chiqarilgan farmoyish, e’lon va axolining xatti-xarakatiga oid yo’l –yo’riqk va qoidalarga to’liq amal qilinishi so’raladi. Shu vaqtdan boshlab radio va teleko’rsatuvlar doimo qo’yilgan bo’lishi kerak hamda barcha so’ngi yangiliklardan xabardor bo’lib turishligiga e’tibor qaratiladi.
Maboda dushman tomonidan xavo xujumi xavfi yuzaga kelsa «Xavo trevogasi!» degan signal beriladi. Bundan oldin: «Diqqat shamma uchun!» - degan signal beriladi, singra radio-telekirsatuvlar va e’lonlar eki murojat tarikasida u eki bu turdagi FVlar tugrisida ma’lumotlar beriladi. Maslan: Diqqat! Diqqat! Dikkat! FM ning shtabidan gapirayapmiz. Fuqorolar! ¥avo trevogasi! Shu munosabat bilan svet, gaz, suv va olovlarni o’chiringlar! Shaxsiy muxofazalanish vositalari, shaxsiy xujjatlar, suv, oziq-ovqat zaxiralari va issiq kiyimlarni olinglar. Qo’shnilarni ogoxlantiring va qariyalar hamda kasallarga yordamlashing xamda barchaning to’planishi zarur bo’lgan manzil ko’rsatib o’tiladi.
Agar FVlar turi sifatida tabiiy ofatlar urniga ommaviy kirgin qurol(OKK)lari yoki kuchli zaxarlovchi moddalarning qullanilish xavfi yuzaga keladigan bo’lsa, u xolda axoliga quyidagicha murojat qilinadi: «Xammaning diqqatiga!» radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik vositalarning kullanilish xavfi borligi tufayli barcha Fuqarolar ma’lum tuplanish punktiga shu vaktga (soati aytiladi) yigilishlari suraladi xamda ularni xavfsiz joylarga kuchirish kerakligi tugrisida ma’lumotlar va kanday amallarni bajarilari lozimligi kursatib utiladi.
Axolini xavfsiz joylarga kuchirish, joylashtirish va ish bilan ta’minlash vazifalari FM shtabining shu soxa bo’yicha muovini tomonidan oldindan ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshiriladi. Axoli va ma’lum ob’ektlardagi ishchi – xodimlarni xavfsiz joylarga ko’chirish jarayoni transport vositalari bilan ta’minlanganligi yoki ta’minlanmaganligiga asosan piyoda yoki avtoulovlarda amalga oshiriladi. Agar transport vositalari bilan ta’minlanish xolati etarli darajada bo’lmasa, u xolda ayollar va bolalar xamda qariyalar, kasallar xamda ularga tenglashtirilgan Fuqarolar avtoulovlar yordamida ko’chiriladi.
FM shtabining mutasaadi xodimlari tomonidan evakuatsiya jarayoninning tartibli ravishda amalga oshirilishi, joylashtirish rejasi, kimlar ma’sulligi, tartibni saqlash va boshqa barcha xizmatlarning normal faoliyat yuritishlarini nazorat qilishlari xamda vaqtincha evakuatsiya qilingan axoli uchun suv va oziq – ovqat maxsulotlari ta’minlanish jarayonlariga javob berishadi. Axoli evakuatsiya qilingandan so’ng, ular necha kun davomida shu erda bo’lishligi, ulrning ish bilan ta’minlanish xolati xamda olib borilaetgan xavfsizlik chora – tadbirlari tugrisidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida etkazib turishlari zarur bo’ladi. Ayniqsa, OKK ishlatilgan taqdirda xavfsizlik qoidalariga o’ta jiddiy yondashishni talab etadi, chunki RM, ZM va BVlar bilan zararlangan xududlar aloxida ro’yxatga olingan bo’lishi kerak xamda u xududlarga axolining borishi mutlaqo taqiqlangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari bu turdagi barcha xududlarda ma’lum ogoxlantiruvchi yozuvlar o’rnatilgan bo’lishi shart: «Inson xayoti uchun o’ta xavfli! Bu xududga o’tish qattiyan man etiladi!»