(Baholangan o ’quvchilarning ismi va familiyalari o ’qib beriladi) 6-bosqich. VI. UYGA VAZIFA Test tuzish (5 ta) O‘quvchining maktab ixtiyoridagi vaqtini bo‘sh qoldirmaslik, uni ta'lim va tarbiya berishning turli korinishlari bilan boyitish har bir o‘qituvchining bosh maqsadi bo‘lmog‘i lozim. O‘quvchi nafaqat darsda, balki darsdan tashqari vaqtlarida ham biror narsani o‘rganishi, izlanishi, bilimini oshirib borish fikri bilan yashashiga erishishimiz zarur va shart. Shundagina o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishgan bo‘lamiz. Shundagina hurmatli Prezidentimiz ilgari surgan yuksak g‘oya, hayotimiz shioriga aylangan: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” degan shiorga mos ish tutgan bo‘lamiz.
64
SINF „Komputer. Kompyuterning qurilmalari va uning vazifalari“ FANIDAN 1- SOATLIK DARS ISHLANMASI 2-USUL
Sinf: 5 Fan nomi: Informatika Darsning mavzusi: Kompyuter. Kompyuter qurilmalari va vazifalari. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga axborot texnologiyalari haqidagi tushunchalarni singdirish, texnik vositalar haqida, kompyuter tarmoqlari (lokal, mintaqaviy, global) tarmoq haqida tushuncha berish hamda ko’nikma va malakalarni hosil qilish; Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va axborot texnologiyalari va internetdan foydalanishga oid madaniyatlarini singdirish; Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish; Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. Darsning metodi: Interfaol