Informatika


K riptografiya haqida asosiy tushunchalar



Yüklə 61,41 Kb.
səhifə3/10
tarix14.12.2023
ölçüsü61,41 Kb.
#178882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatika-fayllar.org

K

riptografiya haqida asosiy tushunchalar
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo’ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo’lgan davrlardayoq aytib o’tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda xar qanday shakldagi, ya’ni diskda sakdanadigan sonlar ko’rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko’rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo’lgan xar qanday axborotga nisbatan qo’llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo’llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo’llaniladigan usullarning o’zi axborotni himoyalash bilan bogliq bo’lgan kup jarayonlarda ishlatilishi mumkin.Kriptografiya axborotni ruhsatsiz kirishdan himoyalab, uning mahfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to’lov varaklarini elektron pochta orqali uzatishda uning o’zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo’shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo’ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog’iga ruhsatsiz kirishning mutlako oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko’p hollarda, axborotning haqikiy-ligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo’llaniladigan usullar ko’p bo’lmagan o’zgartirishlar bilan axborotlarning hakiqiyligini ta’minlashi mumkin.Nafakat axborotning kompyuter tarmog’idan ma’nosi buzilmasdan kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish juda muxim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiklovchi turli usullar ma’lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda samarali bo’lmagan protsedura. Chunki parolni kuligakiritgan xar qanday shaxe axborotdan foydalanishi mumkin bo’ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz o’zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta’minlaydi.Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuklardan biri — rakamli signatura — maxsus xossa bilan axborotni to’ldirish yordamida yaxlitlikni ta’minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma’lum bo’lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul mahfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma’lum usullardan ko’proq afzalliklarga ega.Kriptografiya usullarini qo’llashning ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz. Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki hil o’zgartirishlar qo’llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar to’plamini uz ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan xar biriga, ko’p hollarda, raqamlar to’plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so’z tugri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o’zgartirishga misol bo’ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga moye talablar — qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o’zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo’lmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruhsatsiz foydalanilsa, koddarning yangi kitobini yaratish va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo’ladi.Kriptografik o’zgartirishning ikkinchi turi shifrlash uz ichiga — boshlangich matn belgilarini anglab olish mumkin bo’lmagan shaklga o’zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O’zgartirishlarning bu turi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo’llab, shifrlash algoritmining o’zida himoyalashga bo’lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi himoyalash ob’ekti sifatida faqat kalit xizmat kiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo’lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengiddir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Sirli (mahfiy) aloqalar sohasi kriptologaya deb aytiladi. Ushbu so’z yunoncha «kripto» — sirli va «1ogus» — xabar ma’nosini bildiruvchi suzlardan iborat. Kriptologiya ikki yunalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning mahfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.
Kriptotaxlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan borat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
• simmetriyali bir kalitlilik (mahfiy kalitli);
• asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).

Yüklə 61,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin