Informatika


Kompyuter stenografiyasining asosiy vazifalari



Yüklə 61,41 Kb.
səhifə2/10
tarix14.12.2023
ölçüsü61,41 Kb.
#178882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatika-fayllar.org

Kompyuter stenografiyasining asosiy vazifalari
Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat:
• yashirish usullari faylning autentifikatsiyala nishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak;
• yovuz niyatli shaxslarga qo’llaniluvchi steganogra fiya usullari to’liq ma’lum deb faraz qilinadi;
• usullarning axborotga nisbatan havfsizlikni ta’minlashi ochiq uzatiladigan faylning asosiy xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saklashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo’lgan qandaydir axborot — kalitga asoslanadi;
• agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vakti ma’lum bo’lib qolgan bo’lsa, mahfiy xabarning o’zini chiqarib olish jarayoni murakkab hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.
Internet kompyuter tarmog’ining axborot manbalarini taxdili quyidagi xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni yechishda faol ishlatilayapti:
> konfidensial axborotni ruhsat etilmagan ki rishdan himoyalash;
> monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarishtizimlarini yengish;
> dasturiy ta’minotni niqoblash;
> intellektual egalikning ba’zi bir turlarida mu alliflik huquqlarini himoyalash.
Konfidensial axborotlarni ruhsatsiz kirishdan himoyalash
Bu kompyuter steganografiyasini ishlatish sohasi konfidensial axborotlarni himoyalash muammosini yechishda eng samarali xisoblanadi. Masalan, tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday o’zgarish kupchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi.


Mualliflik huquqlarini himoyalash
Stenografiyadan foydalaniladigan yana bir sohalardan biri — bu mualliflik huquklarini himoyalash xisoblanadi. Kompyuterli grafik tasvirlarga maxsus belgi qo’yiladi va u ko’zga ko’rinmay qoladi. Lekin, maxsus dasturiy ta’minot bilan aniqlanadi. Bunday dastur mahsuloti allaqachon ba’zi jurnallarning kompyuter versiyalarida ishlatilayapti. Stenografiyaning ushbu yo’nalishi nafaqat tasvirlarni, balki audio va videoaxborotni ham qayta ishlashga mo’ljallangan. Bundan tashqari uning intellektual egaligini himoyalashni ta’minlash vazifasi ham mavjud.
Hozirgi vaktda kompyuter stenografiyasi usullari ikki asosiy yo’nalish bo’yicha rivojlanmokda:
> kompyuter formatlarining maxsus xossalariniishlatishga asoslangan usullar;
> audio va vizual axborotlarning serobliligiga asoslangan usullar.
Stenografik dasturlar tugrisida sissacha ma’lumot
Windows operatsiyey muxitida ishlovchi dasturlar:
• Steganos for Win95 dasturi ishlatishda judayengil bo’lib, ayni paytda fayllarni shifrlash vaularni BMP, DIB, VOC, WAV, ASCII, HTML ken gaytmali fayllar ichiga joylashtirib yashirishda judaqudratli xisoblanadi;
• Contraband dasturi 24-bitli BMP formatdagi grafik fayllar ichida xar qanday faylni yashira olish imkoniyatiga ega.
DOS muxitida ishlovchi dasturlar:
• Jsteg dasturi ma’lumotni JPG formatli fayl lar ichiga yashirish uchun muljallangan;
• FFEncode dasturi ma’lumotlarni matnli fayl lar ichida yashirish imkoniyatiga ega;
• StegoDOS dasturlar paketining axborotni tas virda yashirish imkoniyati mavjud;
• Winstorm dasturlar paketa PCX formatli fayl lar ichiga xabarni shifrlab yashiradi.
OS/2 operatsiyey muxitida ishlovchi dasturlar:
• Texto dasturi ma’lumotlarni ingliz tilidagi matnga aylantiradi;
• Hide4PGP vl.l dasturi BMP, WAV, VOC formatli fayllar ichiga ma’lumotlarni yashirish imkoniyatiga ega.
Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan dasturlar:
• Paranoid dasturi ma’lumotlarni shifrlab, tovushli formatli fayl ichiga yashiradi;
• Stego dasturining PICT kungaytmali fayl ichiga ma’lumotlarni yashirish imkoniyati mavjud.

Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari




Yüklə 61,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin