Informatika


Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud



Yüklə 61,41 Kb.
səhifə4/10
tarix14.12.2023
ölçüsü61,41 Kb.
#178882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatika-fayllar.org

Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qandayyo’l bilan mahfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?
2) Jo’natilgan xabarning haqiqiyligini qandayaniqlasa bo’ladi?
Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o’z aksini topdi.
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo’llaniladi. Biridan ikkinchisini xisoblash usullari bilan aniqlab bo’lmaydi.Birinchi kalit axborot jo’natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo’llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning mahfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo’lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo’llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo’ladi.
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:
• foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo’lgan foydalanuvchini aniqlash:
• tarmoq abonentlari aloqasini o’rnatish jarayo nida ularni o’zaro autentifikatsiyalash.
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo’lgan yo’nalishlardan biri bu elektron to’lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.
Kriptografiya -ma’lumotlarni o’zgartirish usullarining to’plami bo’lib, ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan: mahfiylik; yaxlitlilik. Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o’zgartira olmaslik haqida dalolat beradi. Bu yerda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali junatiladi . Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taallukdidir.

Asimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini:
Bu holda himoyalangan kanal bo’yicha ochiq kalit junatilib, mahfiy kalit jo’natilmaydi.
Yovuz niyatli shaxslar o’z maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi.Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotaxlilning asosiy qoidalaridan biri bo’lib xisoblanadi. Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim hisoblanib, uning o’zgartirilishi kup vakt va mablag talab kiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o’zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi.

Yüklə 61,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin