Informatika
Axborot texnologiyalari
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi.
Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslublar, va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
Axborot texnologiyalari- kompyuter texnikasi texnologiyasi yordamida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, va xo’jalik faoliyatini avtomatlashtirilgan holda tashkil etishdan iborat.
Axborot texnologiyalari- kompyuter texnikasi texnologiyasi yordamida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, va xo’jalik faoliyatini avtomatlashtirilgan holda tashkil etishdan iborat.
”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” fanining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar hisoblanadi.
”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” fanining vazifasi- iqtisodiy pridmet sohalari bo’yicha axborotlarni qayta ishlashnining yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iborotdir.
”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” fanining maqsadi.Talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion bosqichlarni bosib o`tdi.