Информатика


Tiplar bilan ishlovchi amallar



Yüklə 195,31 Kb.
səhifə7/11
tarix04.04.2023
ölçüsü195,31 Kb.
#93332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Dasturlash tillari va uni o\'qitish mtodikasi kurs ishi 0076777

Tiplar bilan ishlovchi amallar. Tiplarni o`zgartirish amali quyidagi ko`rinishga ega: (tip_nomi) operand; Bu amal operandlar qiymatini ko`rsatilgan tipga keltirish uchun ishlatiladi. Operand sifatida o`zgarmas, o`zgaruvchi yoki qavslarga olingan ifoda kelishi mumkin. Misol uchun (long)6 amali o`zgarmas qiymatini o`zgartirmagan holda operativ xotirada egallagan baytlar sonini oshiradi. Bu misolda o`zgarmas tipi o`zgarmagan bo`lsa, (double) 6 yoki (float) 6 amali o`zgarmas ichki ko`rinishini ham o`zgartiradi. Katta butun sonlar haqiqiy tipga keltirilganda sonning aniqligi yo`qolishi mumkin.
sizeof amali operand sifatida ko`rsatilgan ob`yektning baytlarda xotiradagi hajmini hisoblash uchun ishlatiladi. Bu amalning ikki ko`rinishi mavjud: sizeof ifoda sizeof (tip) Misol uchun:

Sizeof 3.14=8 Sizeof 3.14f=4 Sizeof 3.14L=10 Sizeof(char)=1 Sizeof(double)=8

5.7-jadval. Amallar ustivorligi



Rang

Amallar

Yo`nalish

1

[ () ], [ [] ], [->], [::], [.]

Chapdan o`ngga

2

[!], [~], [+], [-], [++], [--], [&], [*], [(tip)],
sizeof, new, delete, tip()

O`ngdan chapga

3

[.], [*], [->*]

Chapdan o`ngga

4

[*], [/], [%] (multiplikativ binar amallar)

Chapdan o`ngga

5

[+], [-] (additiv binar amallar)

Chapdan o`ngga

6

[<<], [>>]

Chapdan o`ngga

7

[<], [<=], [>=], [>]

Chapdan o`ngga

8

[=], [!=]

Chapdan o`ngga

9

[&]

Chapdan o`ngga

10

[^]

Chapdan o`ngga

11

[|]

Chapdan o`ngga

12

[&&]

Chapdan o`ngga

13

[||]

Chapdan o`ngga

14

[?:] (shartli amal)

Chapdan o`ngga

15

[=], [*=], [/=], [%=], [+=], [-=], [&=], [^=],
[|=], [<<=], [>>=]

Chapdan o`ngga

16

[,] (vergul amali)

Chapdan o`ngga

 Mustahkamlash uchun savollar.

  1. C++ tiliga amallar necha gurunga bo`linadi?

  2. Arifmetik amallarni sanab bering.

  3. Arifmetik amallarning ba`zi xususiyatlarni ayting.

  4. Amallar bilan ishlaganda qavslarning o`rni qanday ?

  5. Unar amalga misol keltiring.

6. ++33 qanday amalni bajaradi ?

  1. 33++ qanday amalni bajaradi ?

  2. Short va char tiplarini qaysi tipga keltirib bo`ladi ?

  3. 5 <<5 amalining qiymatini toping.

  4. Shartli amaldan qachon foydalanish mumkin ?




    1. Dastur tuzilishi

Muhim so`zlar: main, tipli,tipsiz, return,include, define, proprosessor,dastur matni (listing), kompilyatsiya, og`lash, mantiqiy solishtirish, amallar, if.


Bilib olasiz: main funksiyasi, main funksiyasini ishlatish, kutubxonalarni chaqirish, oddiy dasturlarni yozish, define funksiyasi, kompilyatsiya va bog`lash, mantiqiy amallar yozilishi, if operatorini qo`llash.
Sodda dastur tuzilishi. Dastur komandalar va bir necha funksiyalardan iborat bo`lishi mumkin. Bu funksiyalar orasida main nomli asosiy funksiya bo`lishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi ko`rinishda tuziladi:

Preprotsessor_komandalari void main()
{ Dastur tanasi. }


Main funksiyasi ikki usulda ishlatilishi mumkin (tipli va tipsiz). Yuqorida
keltirilgan misolda tipsiz edi. Tipli main ga dastur quyidagi ko`rinishda tuziladi:


Preprotsessor_komandalari tip main()
{ Dastur tanasi. return [qiymat] }

Preprotsessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprotsessor


tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprotsessor direktivalari asosida o`zgartiriladi. Preprotsessor komandalaridan ikkitasini ko`rib chiqamiz. # include
Bu direktiva standart kutubxonadagi funksiyalarni dasturga joylash uchun foydalaniladi. #define Bu direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi. Masalan,

1-listing.

Output:

#include void main()
{
cout << “\n Salom, BUXORO! \n”;
}

Salom, BUXORO!



Define direktivasi yordamida bu dasturni quyidagicha yozish mumkin:



2-listing.

Output:

#include
#define program cout << “\n Salom, BUXORO! \n” #define bosh {
#define tam } void main()
bosh
program; tam

Salom, BUXORO!



Define direktivasidan nomlangan o`zgarmaslar kiritish uchun foydalanish mumkindir. Masalan,

#define max 10

Agar dasturda quyidagi amallar mavjud bo`lsin:


Double m=max
A=alfa*max

Preprotsessor bu matnda har bir max o`zgarmasni uning qiymati bilan almashtiradi, va natijada quyidagi amallar hosil bo`ladi.

Double max=10
D=alfa*10


Yüklə 195,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin