3.2 Informatika o’qitishda Operatsion sistemasi” mavzusida dars ishlanma
Mavzu: Operatsion sistemasi
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Defragmentatsiyalash degani qanday ma’noni bildiradi?
Flesh xotira va flesh diskni kompyuterdan uzishdan avval qanday amalni bajarish kerak?
Qaysi tashqi xotira vositasidan ma`lumotlarni o`chirib bo`lmaydi?
Mavzu: Windows operatsion sistemasi
Jadvalning chap ustundagi tashqi xotira vositalarini qanday qurilmalar yordamida kompyuterga ulanishini aniqlang:
1. DVD-R
|
A. Sistema biloki
|
2. CD-R
|
B. Diskavot
|
3. Flesh disk
|
C. USB port
|
4. Vinchester
|
D. DVD-ROM
|
5. Egiluvchan magnit disk
|
E. CD- ROM
|
1995- yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion sistema bo'ldi. Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
"WINDOW" inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tiliga "oyna", "lavha", "darcha" deb, "WINDOWS" so'zi esa "oynalar", "lavhalar", "darchalar" deb tarjima qilinadi.
WINDOWS Operatsion Sistemasining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
ko'p masalaligi - bir paytning o'zida bir necha dastur va oynalar bilan ishlash mumkin ;
yagona dastur interfeysi – WINDOWS OS muhitida bir dasturda tayyorlangan ma'lumotlarni boshqa dasturlarga olib o'tish imkoniyati mavjud;
yagona foydalanuvchi interfeysi (WINDOWS OSdagi bir dasturni o'zlashtirib olgandan keyin, bosh dastur interfeysini o'rganish oson. Biz qancha ko'p dasturda ishlashni o'rgansak, keyingi dasturlarni o'rganishimiz shunchalik osonlashadi);
yagona qurilma-dastur interfeysi (WINDOWS muhiti turli qurilma va dasturlarni bir-biriga mosligini ta'minlaydi. Bulardan tashqari, WINDOWS muhiti boshqa, masalan, MS DOS, operatsion sistemalarida yaratilgan dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini beradi).
WINDOWS OS yuklanganda uning asosiy foydalanuvchi interfeysi - ishchi stoli ochiladi. Unda WINDOWS obyektlari va boshqaruv elementlari joylashgan.
Windowsning ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir.
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi
Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Windows Menyulari.
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi Menyu bilan ishlashi mumkin:
– OS ning asosiy Menyusi;
– barcha obyektlarning kontekst Menyulari;
– dastur Menyulari;
– dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi Menyusi.
Menyu - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir.
Asosiy Menyu (Start menu)
Pusk (Start) tugmasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo`ladigan asosiy Menyusi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma'lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Xulosa
Ushbu kurs ishida men kompyuterni boshqaruvchi dasturlar, Windows operatsion sistemasi, uning o’qitish metod va texnologiyasi, o’qitish usullari dars jarayonida qo’llashni o’rganib chiqdim. Operatsion tizim haqida m‘lumotlar to`pladim. Uning qanday yaratilganligini, tarixi, uning imkoniyatlari haqida ko`plab ma‘lumotlar to’pladim.Zamonaviy texnologiyalar fan sohasida hozirgi kunda deyarli hamma joylarda asosiy ish quroli sifatida foydalanib kelinmoqda. 1-bobda Operatsion tizimi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. 2-bobda esa O’qitish usul, shakllari, metodlar haqida bilimlarga ega bo’ldim. Va yana qo’shimchasini kurs ishida yozdim. Men ushbu kurs ishini yozish jarayonida bilim va ko’nikmalarimni yanada mustahkamlab oldim. Yangi metodlarni ham ko’rib chiqdim. Bu kurs ishi mavzulari yaxshi tashkil qilingan o’quvchilarning o’quv yili davomidagi kamchilik va nuqsonlarini yo’qotishga yordam beradi.
Umumiy xulosa qilganda men kurs ishimni yaratishda ta‘lim olish mobaynida o‘rgangan nazariy bilimlarimni amaliyotda qo‘llashga erishdim va bu ishlarni amalga oshirish davomida maktab va professional ta’lim muassasalarida operatsion tizim tuzilishi va imkoniyatlari, qulayliklarini bilish talab etilar ekan degan xulosaga keldim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoev. – Toshkent : O'zbekiston, 2016. - 56 b.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)etishning yo’llari va choralari. – T.:O’zbekiston, 2009. – 56 b.
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar(ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). –T.:Iste’dod, 2008.-180 b.
Dostları ilə paylaş: |