Informatikani o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘rni


Ko’p oynalilik Asoschilari: Bill Geyts, Paul Allen



Yüklə 262 Kb.
səhifə8/11
tarix16.12.2023
ölçüsü262 Kb.
#182417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-Informatikani o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘rni.


Ko’p oynalilik



Asoschilari: Bill Geyts, Paul Allen













Operativ xotiradan to’liq foydalanish








Ko’plab ilovalarga moslik.






Ma’lumotlar almashinuvi




Bepul va ehtiyotkor yangilash


6-rasm. Plua, Minus, Qiziq metodi tadbiqi.



Sinkveyn metodi. Sinkveyn- bu ma’lum qoidalarga asosan tuzilgan 5 ta satrdan iborat she’rdir.
1-satr - mavzu nomi
2-satr – bu mavzuni ikki qator sifat bilan aniqlash
3-satr – bu mavzu doirasidagi faoliyatni ko’rsatuvchi 3ta fe’l
4-satr – muallifning mavzuga munosabatini bildiruvchi 4ta so’zdan iborat
bo’lgan jumla
5-satr – mavzu yakuni, ixtiyoriy so’z bo’laklarida ifodalangan birinchi so’z
sinonimi.
Sinkveynni tuzish ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o’rganilayotgan mavzuga o’z munosabatini bildirish, u yoki bu nuqtai nazar to’g’risida aniq fikrlarni bildiradi.
1.OT – Windows
2.IKKITA SIFAT – Tezkor, ko’p oynali
3. UCHTA FE’L – Saqlaydi, uzatadi, qayta ishlaydi
4. TO’RT SO’ZDAN IBORAT JUMLA – Dasturiy ta’minot asosida ishlaydi
5. OTNING SINONIMI – Operatsion tizim
Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga
to’xtaylik. Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani
amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi.
Mustaqil ishlash – ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir
tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt amalgam oid bo’lishi mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga alohida berilishi mumkin. Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi. O’quvchilarning juft-juft muloqotda bo’lishi – biror mavzuga oid masalani hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini yonida o’tirgan (u bilan juftlikda bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, juftlikdagi biro’quvchi masalaning sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la yechishga olib boruvch barcha ishlarni, mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z navbatida, masalaning yechilishini birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi o’quvchilar navbatma-navbat o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish – bunda sinfdagi
o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy
bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi.
O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi. Bunday ishlashda o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai nazarini, fikrini hurmat qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, ko’pchilikka etkaza olishga o’rganadilar.
O’qituvchi mavzu, topshiriqlar ro’yxatini avvaldan tuzib qo’yadi.
Rolli o’yinlar- mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga,
ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni
tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi.
Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi. Tanlovlar – ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni,
ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol javoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi. Konferensiyalar – har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar. Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.
III-BOB. Mavzuni o‘qirishda didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha dars ishlanma
3.1 Mavzuni o‘qirishda faoydalaniladigan dars ishlanma

Yüklə 262 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin