Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/32
tarix05.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#173057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Savol va topshiriqlar

  1. Axborot texnologiyalari nima?

  2. «Axborot texnologiyasi» fani nimalarni o'rganadi?

  3. Axborot texnologiyalarining rivojlanishini belgilovchi ichki va
    tashqi omillarga nimalar kiradi?

  4. Axborotlarni uzatishning qanday usullarini bilasiz?

  5. Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?

Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko'p qo'llaniladigan tushunchalar desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko'ra-miz. Ya'ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o'zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlani-shiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan bo'lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar ombori, bilimlar ombori va u biian bog'liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko'proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqbvchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalarigachiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizirrdari misol bo'ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda ytituqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashti-rish zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsabutun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo'ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivoj-lantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, Jamiyatni demokratlash-tirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'min-laydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, Jamiyatni axborotlashtirish — inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog'liq obyektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush daraja-sining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlaming qondirilishiga, iqti-sodning o'sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xiz-mat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo'nalishga ajratish mumkin:

  1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini
    kompleks avtomatlashtirish.

  2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini
    axborotlashtirish.

  3. Tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

  4. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasini axborotlashtirish.

  5. Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Har qanday fan borliqning ba'zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga bog'langan holda o'rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o'rganadi. Fizikani o'qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o'zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi.Har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o'quvchilar ongiga yetkaziiadi.
Bilim olishda, ya'ni ma’lum turdagi axborotlarni o'zlashtirilishi kompyuter tiziminining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko'rinishda ifodalanishidan qat'iy nazar uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o'qitishda yangi axborot texnologivalaridan foydalanish standart (an'anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilimga qiziqishni oshiradi.
Ikkinchidan,yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
muayyan predmetlarni o'qitishda kompyuter darslari;

  • kompyuter darslari — ko'rgazmali material sifatida;

  • talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini masalalarini hal etishda va h.k.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin