Savol va topshiriqlar Jadvalda axborotlarni kodlash nima? Misol keltiring.
Jadvalning bosh kaliti deganda nimani tushunasiz?
Bosh kalitga qanday talablar qo'yiladi?
Ma'lumotlar omboriga relyasion yondashish muammolari Oldingi paragraflarda tanishib chiqilgan ma'lumotlar omborini yaratish xususiyatlaridan foydalanib, axborot tizimlarini tuzishga kirishamiz. Masalan, oldingi paragrafda ko'rilgan ma'lumotlar ombori «Talabnoma» topshirig'i bilan bog'liq uchta jadval «Talabnoma», «Talabgorlar lug'ati» va «Mahsulotlar lug'ati»ni o'z ichiga oladi.
Ma'lumotlar omborini yaratuvchilar ma'lum doirada jadval tu-zish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil hal qilishadi (tizimni turli xil usullarda loyihalash mumkin). Bunda ko'zlangan asosiy maqsad —jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo'lishi va turli holatlarni hisobga olgan holda jadvallarni normallashtirishga erishishdir.
Buning mohiyati nimada?
Ma'lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo'lishi kerak. Aks holda ko'zlangan maqsadga erishish o'rniga ma'lumotlar o'rnini to-pish uchun vaqt sarflashga to'g'ri keladi.
lyerarak yoki tarmoqli tuzilishga ega bo'lgan ma'lumotlarni relyatsion ko'rinishga o'tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.
Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko'rinsa-da, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko'rib chiqamiz.
Ma'lumki, ma'lumotlar omborini yaratishda Jadvalning asosiy aliti bo'lishi kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko'ra izlanadi. uqorida ko'rsatilgan jadvalga «Talabgorning rekvizitlari» debaladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati n aniqlanadi. Lekin talab raqami —jadval kalitiga bog'liq emas.
Jnday hollarda axborotning yo'qolishi ro'y beradi, chunki biror abgor nomeri yo'qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari yo'qotiladi. Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni (balki yuzlab) marta kiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko'plab xatoliklarga yo'l qo'yishingiz mumkin.
Shuning uchun «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar» ustunini olib, uni talabgor nomi bilan L taklif lug'atiga kiritamiz. Bu lug'atda shaklan boshqa jadvallardan farq qilmaydi. Ularda nomlanishlarni, ba'zi doimiy obyektlar — kattaliklarni berish mumkin (direktor ismi. familiyasi, manzili, bank rekvizitlari va boshqalar). Shuningdek, Toshkent traktor zavodini 608 kodi bilan belgilab, taiab jadvalida bu zavodga tegishli bo'lgan barcha ustunlarda 608 kodini ishlatishimiz mumkin va talablar lug'ati jadvaliga quyidagi satrni kiritamiz:
608 — Toshkent traktor zavodi. (Agar operator 608 o'rniga 708 yoki 609 sonini kiritsa, u boshqa nomdagi manzilga tushadi yoki hech narsa topa olmasligi mumkin.)
Xuddi yuqoridagi singari «xodimlar» ahvoli va hokazolarni ham kodlash mumkin. Kodlangan jadvalni tuzishda «katta hisobchi»ni 08 kodi bilan belgilagan bo'lsangiz, bu kod yagona bo'lishi va kodlardagi raqamlar soni muayyan qilib belgilab olingan bo'lishi asosiy shan hisoblanadi.
Qanday ma'lumotlar kodlanadi va ularni kodlash qanday bo'ladi?
Bu ma'lumotlarning xususiyatlari ma'lumotlar ombori yaratuv-chisining oldiga qo'ygan maqsadi va uning imkoniyatlariga bog'liq.
Juda ko'p axborotlarda (tashkilotlar, mahsulot turlarini ishlab chiqarish, turli mutaxassisliklar va h.k.) davlat klassifikatorlari ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.
Jadvalda har bir yozuv o'zining bosh kalitiga ega bo'lishi va uning qiymati yagona bo'lishi kerak. Masalan, telefon ma'lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo'Iib xizmat qiladi. Bosh kalitni ko'pincha birlamchi kaiit deb ham atashadi.
Bosh kalit ikkita xossaga ega bo'lishi kerak:
Ustundagi yozuvning yagonaligi. Kalitdagi qiymat o'zgarmasli-
gi lozim.
Ko'p ma'nolikka yo'l qo'ymaslik. Ustundagi birorta belgini
o'zgartirish mumkin emas, aks holda bosh kalit o'zgaradi.
«Talabnoma» jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo'Iib xizmat qiladi. Jadvalda talab nomerini ko'rsatadigan ikki va undan ortiq bir xil yozuv bo'lishi mumkin emas, aks holda jadval ma'noga ega bo'lmaydi.
«Xodimlar jadvali»ning bosh kaliti bo'Iib F.I.SH. (familiyasi, ismi-sharifi) ustuni xizmat qila oladimi? Yo'q, albatta. Chunki bir tashkilotda bir xil familiyali bir nechta kishi ishlashi mumkin. Shu bois, bosh kalit sifatida ularning label nomerlarini olish o'rinli bo'ladi. Zero bosh kalit birinchi talabga ko'ra ma'lumotni topish xarakteriga ega bo'lishi lozim. Aksariyat hollarda universal jadvallar bir-biridan bosh kalitlariga ko'ra farq qiladi.