Savol va topshiriqlar Ma'lumotlar omboriga relyatsion yondashish muammosining mohiyati nimada?
O'zgamvchan va doimiy ma'lumotlar nima? Ularning o'xshashlik va farqli tomonlarini tushuntiring.
Ma'lumotlami normallashtirish nima? Uning аahamiyatini tushuntiring.
Ma'lumotlarning takrorlanadigan guruhi haqida gapirib bering.
Bob bo'yicha takrorlash mashqlari
Quyidagi fikrlardan qaysilari to'g'ri:
ma'lumotlar ombori deganda qandaydir soha bo'yicha to'plangan ma'lumotlar majmui tushuniladi;
ma'lumotlar ombori kompyuter qurilmasi hisoblanadi;
d) ma'lumotlar omborini yaratishdagi asosiy maqsad ma'lumotlarni kompyuterda saqlashdir.
2. Quyidagi fikrlardan qaysilari noto'g'ri:
obyekt va kattalik tushunchalari aynan bir narsani
obyektga turli predmetlar, hatto abstrakt tushunchalar ham
misol bo'ladi;
d) kattalik obyektning qandaydir qiymatini ko'rsatadl
3. Quyidagi fikrlardan qaysilari to'g'ri:
a) ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari ixtiyoriy mazmundagi ma'lumotlar omborini qayta ishlaydi;
b) ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari dasturlar majmuidan iborat;
d) ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarida kompyuter qurihnalariga murojaat masalalari ham qaraladi.
4. Quyidagi fikrlardan qaysilari noto'g'ri:
ma'lumotlar sonli va belgili turlarga bo'linadi;
mantiqiy ma'lumotlar belgili ma'lumotlar tarkibiga kir,
d) mantiqiy ma'lumotlar faqat ikkita—rost yoki yolg'on qiymatlaridan faqat bittasini oladi;
e) butun, kasr, hatto haqiqiy sonlar ham sonli ma'lumotga misol
bo'ladi.
5. Quyidagi ma'lumotlardan oldin sonlilarini, keyin belgilarini
ko'chirib yozing:
a) «Vatan» b) 57 d) «27+69»
e) 45,39 f)«...» g) «35»
6. Quyidagi fikrlardan qaysilari to'g'ri:
ma'lumotlar 3 xil ko'rinishda saqlanadi;
ma'lumotlarning iyerarxik va tarmoqli ko'rinishi aynan bir
rsa; d) ma'lumotlarning relyatsion ko'rinishi jadval ko'rinishdan iborat.
7. Quyidagi fikrlardan qaysilari noto'g'ri:
dbf fayllari ma'lumotlar omborini ifodalaydi;
dbf fayllarini kompyuterdagi barcha dasturlar qayta ishlay oladi.
d) kompyuterda dbf fayli bo'lmasa, kompyuter ishlamaydi.
8. Quyidagi fikrlardan qaysilari to'g'ri:
ma'lumotlar omboriga kiritilayotgan so'z yoki jumla o'rniga
jning qandaydir kodini kiritishmumkin;
ma'lumotlar omboridagi ma'nosi turlicha bo'lgan bir nechta
Iborani bir kod orqali ifodalash ham mumkin;
ma'lumotlar omborining bosh kaliti deganda uning qanday-
iir satri tushuniladi;
ma'lumotlar omborida bosh kalitning bo'lishi shart;
ma'lumotlar omborida bir nechta ustun elementlari bosh kalit
bzifasini bajaradi.
9. Quyidagi fikrlardan qaysilari to'g'ri:
ma'lumotlar omboriga relyatsion yondashish muammosi kompyuter qurilrnalari bilan bog'liq muammolarni o'rganadi;
b) ma'lumotlar omborida qiymati o'zgarib turadigan va doimiy— o'zgarmaydigan ustunlar bo'ladi;
ma'lumotlarni kodlashtirish deganda ma'lumotlar omboridan
ortiqcha ustunlarni o'chirish tushuniladi;
iyerarxik va tarmoqli ma'lumotlami relyatsion ko'rinishga keltirish
mumkin;
ma'lumotlar omborining aynan bir xil satrlariga takrorla-
ladigan guruhlar deyiladi.
10*. Buvangiz, buvingiz, onangiz, otangiz, aka-ukangiz va opa-singillaringiz tug'ilgan kunlari, ishlash va o'qish joylari ko'rsatilgan ma'lumotlar omborini tuzing. Ma'lumotlar omborini ma'lum ustunlar bo'yicha tartiblang va ma'lumotlar omboriga murojaat qilishga doir misollar keltiring.
11*. Guruhingizda o'qiyotgan talabalarning yoshi, yashash manzil, bo'yi, og'irligi ko'rsatilgan ma'lumotlar omborini tuzing. Ma'lumotlar omborini alifbo bo'yicha tartiblang.
12*. Guruh jurnaliga ko'ra talabalarning informatika, matematika, tizika va tarixdan o'zlashtmshlari haqidagi ma'lumotlar omborini. Ma'lumotlar omboridan faqat: a) «a'lo»ga o'qiydigan; b) «a'lo» va «yaxshi» baholarga o'qiydigan talabalarni izlash uchun malumotlar omboriga murojaat qiling.
13* Do'stlaringiz familiyasi, ismi, yashash manzili va telefon raqamlari ko'rsatilgan «Telefon ma'lumotnomasi» ma'lumotlar omborini tuzing. Ma'lumotlar omborini alifbo bo'yicha tartibga keltiring.
14* Besh xil sabzavotning nomi, bozordagi narxi va rangini ifodalaydigan ma'lumotlar omborini tuzing. Ularni o'zingiz tanlagan parametrlar bo'yicha tartibga keltiring.
15* Siz o'qiyotgan akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida dars berayotgan o'qituvchilar (masalan, ularning oltitasi)ning familiyasi, ismi-sharifi, yoshi va olib borayotgan fani haqidagi ma'lumotlar omborini tuzing. Ma'lumotlar omborini tartiblash bo'yicha misollar keltiring.