Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə24/32
tarix05.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#173057
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

AXBOROT TIZIMLARINI TUZISH VA ULARDAN FOYDALANISH
Reja

  1. Axborot tizimlari haqida tushuncha.

  2. Ombordagi ma’lumotlarni tartiblash.

  3. Axborotlarni avtomatlashtirilgan holda izlash.

  4. Axborotlarni ko’rib chiqish va indeksli fayllar

  5. Axborot tizimlarining tukkumlanishi.

  6. Axborot tizimlarida ma’lumot almashish

  7. Bilimlar ombori.Bilimlar omborini boshqarish tizimlari



Axborot tizimlari deganda axborotni saqlash, izlash, turlarga ajratish, uni qayta ishlash prinsiplari, usullari, vositalari tushuniladi.
Axborot tizimi asosida ombordagi ma 'lumotlarni tartiblash, avtomatik izlash, ma'lumot almashish mumkin. Bu tizim asosida bilimlar omborini boshqarish tizimlari yaratiladi.
Ushbu bobda yuqorida aytilganlar bilan birga sun'iy intellekt tushunchasi va uning yordamida tashkil qilinadigan ekspert tizimlari о 'rganiladi.
Axborot tizimlari haqida tushuncha
Katta hajmdagi axborotni saqlash и izlanganda tez topiladigan va un-dan foydalanganda samara beradigan bo'lgan taqdirdagina, o'zini amaliy ji-hatdan oqlaydi.

Maykl Lesk


Axborot tizimidan oldin «Tizim nima?» degan savolga javob beraylik (sistema) eganda, yagona maqsad yo'lida bir vaqtning ham yaxlit, ham o'zaro bog'langan tarzda faoliyat ko'rsatadi-bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi.
Turli elementlardan tashkil topgan va turli maqsadlarga xizmat qiluvchi tizimlarga misollar keltiramiz:
9-jadval


b)






Tizim turi

Tizim elementlari

Tizimining asosiy
maqsadi

1.

Korxona

Odamlar, qurilmalar, materiallar, bino va h.k.

Mahsulot ishlab chiqarish

2.

Kompyuter

Elektron va elektromexanik qurilmalar

Ma'lumotlarni qayta ishlash

3.

Telekommu-nikatsion tizim

Kommunikatsiya vositalari, elementlar, aloqa kanallari, qurilmalar

Aloqa kanallarini o'zaro bog'Iash va ma'lumot almashinuvini
ta' mini ash

4.

Axborot tizimi

Kompyuterfar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot, dasturiy ta'minot va boshqalar

Axborotlarai
avtomatlashgan holda qayta ishlash

Informatikada «tizim» tushunchasi ko'proq texnik vositalar va dasturlar to'plamiga nisbatan ishlatiladi.
Kompyuterning texnik qismini «tizim» deb tasawur etish mumkin. Shuningdek, hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjatlar oqimini boshqarish kabi amaliy vazifalarni hal qilishga mo'ljallangan dasturlar to'plamini ham «tizim» deb hisoblash mumkin.
Xo'sh, bunday vaziyatda «Bu axborotlardan qanday foydalanish kerak?» degan tabiiy savol turadi.
Bunday savolga javob berishda ma'lum ketma-ketlikda ish yuritishi-miz lozim bo'ladi. Shuning uchun ishni axborotni olish, uni saqlash va bir joydan boshqa joyga uzatishdan, ya'ni axborot tizimlaridan boshlaymiz. BelgUangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakli va mazmuniga ko'raturlargaajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsip-lariga, qayta ishlashda qo'llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o'zaro bog'langan majmuiga axborot tizimi (AT) deyiladi.
Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni qayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini hal qilish kiradi. Kompyuter axborot tizimi bilan samarali ishlaydigan elektron qurilmadir.
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasining yangi turdagi vositasi hisoblanadi. Ular yuqori darajada pishiqligi, ixcham ko'rinishi, kam energiya sarflashi va mobilligi bilan ajralib turadi. Axborot tizimida
qo'llaniladigan vositalar namunalari ( a) CD—ROM, b) Video adapter) 3- rasmda keltirilgan.
Ularning bu xususiyati avtomatlashtirilgan ishchi joylari yaratish imkonini beradi. Bunday avtomatlashtirilgan ishchi joylari davlat boshqaruv organlari, loyiha-konstruktorlikbyurolari, sanoat va qishloq xo'jaligi tashkilotlari, tibbiyot va o'quv muassasalarida keng
qo'llaniladi.
XX asrning ikkinchi yarmi, xususan 60-yillarda fan-texnika taraqqiyoti misli ko'rilmagan darajada tezlashib ketdi. Bu esa, o'z o'rnida axborot oqimining ko'payisruga olib keldi. Masalan, XX asrning oxirgi yillariga kelib, dunyoda bir kunda chop etiladigan gazeta va jurnallar soni 100000 dan oshib ketdi. Tasawur etish qiyin emaski, bularni o'qib chiqishga inson umri yetmaydi. Kompyuterlar esa axborotlarni o'qish, eshitish, ko'rish va qayta ishlashda foydalanuvchiga maksimal qulayliklar yaratadi.
Kompyuterlarning takorrmlashuvi dunyodagi barcha o'zgarishlarni o'z ichiga qamrovchi yagona axborot tizimini yaratishga imkoniyat yaratdi. Agar o'tgan asrning 60—70- yillarida axborotlar turiga qarab alohida-alohida qayta ishlangan bo'lsa, 80-yillar oxiriga kelib ular yaxlit bir o'rinishda — integrallashgan axborot tizimlarigabirlashtirildi. 1983—85-illarda yaratilgan va hozirda keng tarqalgan integrallashgan tizimlar -Symphony, Framework, Lotus 1,2,3 va boshqalar bunga misol bo'ladi. Kprxonaning ma'lumotlar omborida uning shtat ro'yxati, ishchi xizmatchilar haqidagi ma'lumotlar, ish jadvallari, moddiy iklar, xomashyo va kerakli qismlarni keltirish, ombordagi g'armalar, tayyor mahsulotlarni chiqarish, buyruqlar, noyishlar va boshqa ma'lumotlar saqlanadi. Agar ma'lumotlar omborda bo'lsa, ularni ma'lumotlar omborini boshqarish tizim-Yordamida qayta ishlash murnkinligi oldingi bobda aytib o'tildi.
Lekin ma'lumotlar bir nechta kompyuterlarda, hatto turli joylardagjj kompyuterlarda joylashgan bo'lsa-chi? Bunda biror ma'lumotdagj kichik o'zgarish boshqa joydagilarining keskin o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, biror ishchi mansabini ko'tarish haqidagi buyruq, nafaqat shu ishchining shaxsiy ishidagi o'zgarishga, balki ish haqini to'lash qaydnomalari, korxonaning ish haqlaridagi ma'lumotlar, dam olish ta'tili grafiklari va shu kabi hujjatlarning o'zgarishiga olid keladi.
Axborotlar turli joylardagi kompyuterlarda saqlanganda taqsim langan ma 'lumotlar omboridan foydalaniladi. Bunda biror ахborotdan foydalanish uchun kompyuterlar bir-biri bilan axborot tarmog`i deb ataluvchi aloqa tizimlari orqali birlashtiriladi.
Barcha axborot tizimlarida axborotlarni saqlash, o'zgartirish va qayta ishlash uchun oldingi bobda o'rganilgan ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Axborot tizimlari va ma'lumot omborlari o'rtasida qat'iy chegara yo'q. Har qanday axborot tizimida biror-bir maqsad uchun yaratilgan ma'lumotlar ombori ishlatiladi.
Ma'lumotlar omborini yaratishning eng muhim xossalaridan biri axborotning aniqligidir. Albatta, kompyuterga kiritilayotgan malumotlarda xatoliklar ro'y berishi mumkin. Shu bois, axborot tizimi xatolarni tuzatish va tashxis qilish vositaiariga ega bo'ladi.
Ko'pgina ma'lumotlar bir yoki bir necha faylga kiritilishiga qaramay, o'zaro mantiqan bog'lanishga ega bo'ladi.
Har bir axborot tizimida standart nazariy vositalar mavjud bolib, ularning vazifasiga kiritilayotgan ma'lumotlardagi mantiqiy va sintaktik xatolarni aniqiash va ular haqida foydalanuvchiga xabar berlsh kiradi.
Axborotlar tizimida muayyan satrga kiritiladigan ma'lumotlar uchun u qabul qiladigan qiymatlarning shartlari ko'rsatiladi. Kiritiladigan elementlarushbu shartni qanoatlantirmasa, tizim bu haqda ma'lumot beradi va uni omborga kiritmaydi. Bunday holga ma lumotlarni chegtrish deyiladi.
Bundan tashqari, arifmetik xatoliklar ham uchrab turadi. Arifmetik xatoliklar darajasini belgilash ancha murakkab ish hisoblanadi. Biror amal natijasini hisoblashda uning aniqlik darajasi (kasr qismi, verguldan so'ng nechta raqam olinishi)ni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq va u tez-gez o'zgarib turadi. Shuningdek, matnli ma'lumotlar xohishiga kiritilayotganda, Muhamedov A.T. o'rniga.Muhamedov A.P. yozib ketilishi mumkin. Bunday holda axborot tizimining ishonchliligi pasayisi mumkin. Bunday hollarning oldini olish uchun maxsus dasturlare qo'llashga to'g'ri keladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin