PL/I, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiy- texnika sohasida ishlatiladigan tillarga Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni echishga esa Kobol, RPG, LISP, Prolog kabi tillar misol boʻladi.
Foydalanuvchilar saviyasiga koʻra esa yuqori darajali va quyi darajali tillarga boʻlinadi. Yuqori darajali tillar keng foydalanuvchilar ommasiga moʻljallangan boʻlib, tabiiy tilga ancha yaqin va tushunarli boʻladi. Bunday tillarga PL/I, ADA, Beysik, Paskal, Kobol, RPG, Fortran kabilar misol boʻladi.
Quyi darajadagi tillar mashina tiliga yaqin boʻlib, bu tildan foydalanuvchi mashinaning tuzilishi boʻyicha ma’lum darajadagi bilimga ega boʻlishi kerak. Quyi darajadagi til mashinaning imkoniyatlaridan toʻlaroq foydalanish imkonini berib, u operatsion tizimlar, translyator va kompilyatorlar yaratish hamda shu kabi murakkab dastur vositalarini yaratishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tasniflash mumkin. Odatda, dasturlash tilining EHMga koʻra bogʻliqlik darajasi boʻyicha klassifikatsiyalash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga koʻra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bogʻliq va mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillarga boʻlinadi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qoʻllaniladi.
Darajasi 0 boʻlgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanib, ular mashina tillariga eng yaqindir. Lekin mnemokod mashina tilidan shu bilan farqlanadiki, unda amal kodlari mos harfli belgilar bilan, operandlarning raqamli adreslari esa harfli yoki harf-raqamli belgilar bilan almashtirilgan.
Avtokod mnemokodlarning asosiy xususiyatlarini saqlaydi. Ammo unda mashina komandalarining simvolik analoglari bilan bir qatorda, mashina tilida toʻgʻridan-toʻgʻri analogi boʻlmagan mikrokomanda qoʻllanilishi mumkin.
U shbu tillarning mashinaga moʻljallanganligi ularning asosida hamon konkret EHM buyruqlar tizimsi yotishini bildiradi. Shu sababli bunday tillardan foydalanish uchun qoʻllanilayotgan kompyuterning xususiyatlarini bilish zarur. Shu boisdan bu tillar amalda kamroq qoʻllaniladi.
Mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillar ham ikki guruhga boʻlinadi: protseduraga moʻljallangan tillar turli masalalarni echish algoritmlarini tavsiflashga moʻljallangan. Shuning uchun ular koʻpincha oddiy qilib “algoritmik tillar” deb ataladi. Lekin, aniq aytganda “algoritmik til” tushunchasi dasturlash tili bilan har doim ham mos kelavermaydi. Ba’zi algoritmik tillar ularga qoʻshimcha vositalar masalan, axborotni kiritish va chiqarish operatorlari kiritilgandan keyingina dasturlash tiliga aylanadi.
Protseduraga moʻljallangan tillar echilayotgan masalalar xususiyatlarini toʻla hisobga oladi va konkret EHMga deyarli bogʻliq emas.
Foydalanuvchilarning yana shunday bir toifasi mavjudki, ular oʻz sohasida mutaxassis boʻlgan va oʻz vazifalarini yaxshi bilgani holda kichiq aniq muammoga doir masalani echish uchun EHMdan operativ foydalanishga ehtiyoj sezadilar. Lekin ular EHMda masalani echish bosqichlari, usullari bilan tanish emaslar. Foydalanuvchilarning ushbu toifasiga xususan ishlab chiqarish va boshqarish ma’muriy organ xodimlari, konstruktorlar, texnologlar, iqtisodchilar va boshqalar kiradi.