Ingliz tili leksikasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

Beshinchidan, jadallashayotgan ITTning ortib boradigan talablariga to’la javob 
beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o’qitishni jadallashtirish, inson 
organizmining butun imkoniyatlarini, uning ongini o’qitishda ishga solish zarur. Bu esa 
o’quv jarayonida axborot berilayotganidan, o’quv televideniyasidan foydalanishni 
taqozo etadi. 
Oltinchidan-har qaysi odam tug`ilganidan boshlab alohida individium 
hisoblanadi, ya’ni har kimning o’ziga xos aqliy rivojlanishi, ta’lim olishga qobiliyati 
bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda, zamonaviy o’qitish tizimining vazifasi insonning 
individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim. 
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turganidek, kadrlar tayyorlashning 
hozirgi predmetli (fanlar) tizimi pog`onama-pog`ona, uzluksiz isloh qilinishi lozim. 
Bu tizim fanlar orasida sun’iy to’siqlarni saqlab qolib, zamonaviy kasbiy ta’lim 
ehtiyojlariga tobora kamroq javob bermoqda. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga 
yordam beradigan, zamonaviy talablarga ko’proq moslashgan o’qitishning shaxsga 
yo’naltirilgan texnologiyalari, jumladan, kadrlar tayyorlashning modul tizimidir. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturida bunga alohida e’tibor qaratilgan, unda ta’kidlanganidek, 
«yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan 
foydalangan holda talabalarni o’qitishni jadallashtirish » lozim. 
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari, bu kasbiy ta’limning hozirgi kuni 
va uning kelajagidir. 
Avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining mohiyati 
O’qitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o’quv 
maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyot jadallashgan davrda o’qitish 
samaradorligi, asosan, tinglovchining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga 
bo’lgan munosabatiga bog`liq bo’ladi. Bu yerda o’qitish texnologiyasining ikki turini 
ajratib ko’rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin