Ingliz tili leksikasi


O’quvchi talabalarning o'qish qobiliyatlarini rivojlantirishda o`qish turlarini



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

O’quvchi talabalarning o'qish qobiliyatlarini rivojlantirishda o`qish turlarini 
farqlay olish va shu asosda darslarda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni 
tadbiq etish hozirgi kun talabiga mos va xosdir. 
Turli tipdagi o'quv yurtlaridagi maqsad, vazifalarni hisobga olib, turlicha o'qish 
turlari o'tkaziladi. Metodik adabiyotlarda chet tilidagi o'qish turlari quyidagi mezonlarga 
ko'ra farqqilinadi: ona tilining ishtirok etishiga qarab tarjimali va tarjimasiz o'qish; 
analiz va sintez elementlarning nisbatiga ko'ra - analitik va sintetik o'qish; o'tkazilish 
joyiga qarab sinfda, auditoriyada, uyda o'qish; majburiylik darajasiga ko'ra, majburiy 
o'qish va yordamchi o'qish; tayyorgarlik darajasiga ko'ra, qisman tayyorlangan, to'la 
tayyorlangan va tayyorgarliksiz o'qish, shu bilan birga maktabgacha va boshlang’ich 
sinf 
o`quvchilarining 
o`yinqaroqliklarini, 
aqliy 
qobiliyatlarini, 
o`zlashtirish 
ko`rsatkichlarini hisobga olib rasmlardan va jihozlardan foydalanib o`qish kabi turlari 
borligi aytib o'tiladi. 
Yana ko'z yugurtirib o'qish, tanishish maqsadida o'qish, ta'limiy o'qish, izlanib 
o'qish, sinchiklab o'qish turlari ham mavjud. 
Umuman ayrim manbalarning guvohlik berishicha, faoliyat natijasiga ko'ra, 50 dan 
oshiqo'qish turlari bor. 


Oliy o'quv yurtlarida analitik, sintetik, tarjimali, tarjimasiz o'qish turlari 
o'tkaziladi.Sanab o'tilgan o'qish turlari har xil natijalarni olishni maqsad qilib 
qo'yadi.Masalan, ko'z yugurtirib o'qish maqola yoki kitob mavzusi haqida tasavvur hosil 
qilishga yo'naltirilgandir.Bu ma'lumotni olish uchun sarlavha yoki kichik sarlavhaga 
qarash, ayrim xatboshi (abzas) yoki gaplarni tez o'qib chiqish, ya'ni maqola yoki kitobni 
ko'rib chiqish yetarli hisoblanadi. 
Tanishish maqsadida o'qishda esa kitobxon kitob yoki maqolaning aniq mazmuni 
bilan tanishishga harakat qiladi.U bu paytda o'z e'tiborini asosiy ma'lumotga 
qaratadi.Shu boisdan bu o'qish turi matn mazmunini umumiy holda tushunib o'qish deb 
ham yuritiladi. 
Tanishish maqsadida o'tkaziladigan o'qish turi tez maromda ravon o'qish turi 
sanaladi. Ta'limiy o'qish turi o'tkazilganda o'quvchi, talaba matndan ifodalangan 
ma'lumotni to'la, aniq tushunishga va uni tanqidiy qabul qilishga intiladi. O'quvchi, 
talaba olingan ma'lumotdan kengroq foydalanish ko'zda tutiladi.Shu sababli talaba, 
o'quvchidan matn yoki maqolani batafsil bilishi uchun obdon o'qib chiqish, ayrim 
joylarini esa qayta-qayta o'qib chiqish talab qilinadi. 
Hozir o'rta maktabda uchta o'qish turlari mavjud. 
1. Tanishuv o'qish turi; 
2. Sinchiklab o'qish turi; 
3. Ko'z yugurtirib o'qish turi. 
Tanishuv o'qish turi uchun til materiallari jihatdan tanish va oson bo'lgan katta 
hajmdagi matnlar o'qish uchun olinadi. Bu o'qish turi orqali o'qib, ma'lumot olishga 
o'rgatishdan oldin o'qish sinfda, auditoriyada o'tkaziladi, keyin uyga ko'chiriladi.Darsda 
esa tushunganlik darajasi tekshiriladi.O'qituvchi tushunishni osonlashtiradigan so'z, 
ibora, jumlalarni saralaydi, tushuntiradi, tekshirish ob'ektlarini aniqlaydi.Tanishuv 
o'qish turi orqali eng ko'p, 80-90% ma'lumot olishga erishiladi.O'quvchi matn mazmuni 
bilan tanishadi.Bu o'qish turi 6-7-8-9-sinflarda ovoz chiqarmay o'qish shakli orqali 
amalga oshiriladi
16

____________________________ 
16
Qodirova F. R., Qodirova R.M Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. 
T., 2006. 


Sinchiklab o'qish-o'quvchi, talaba matndagi qiziqtiradigan fikrni, ma'lumotni, 
dalilni, topshiriqni topish maqsadida sinchiklab o'qiydi.Dalil, topshiriqlar, vazifalar 
o'qituvchi tomonidan oldindan berilishi mumkin.Ma'lumot ko'proq topshiriq, vazifa, 
dalil haqida olinadi. Matn bo'yicha umumiy ma'lumot kam olinadi. O'qish ovoz 
chiqarmay amalga oshiriladi, sinfda o'tkaziladi, uyda o'qilib, sinfda tekshirilishligi ham 
mumkin, u 7-8-9-sinflarda o'tkaziladi.Matnlar mazmuni turlicha bo'ladi.Ish butun 
matnga 
ko'z 
yugurtirib 
chiqishdan 
boshlanadi.Keyin 
matn 
sinchiklab 
o'qiladi.Tushunganlikni tekshirish mashqi sifatida eng ko'p hollarda ayrim qismlar esa 
ona tiliga tarjima qilinadi. 
Ko'z yugurtirib o'qishda eng kam ma'lumot olinadi.Oldindan fahmlash, xulosa 
chiqarish, faqat kerakli ma'lumotni ko'z yugurtirib tezda topish ko'nikmalari 
rivojlantiriladi. Topshiriqlar matn yoki maqolaning kim yoki nima haqida ekanligini tez 
aniqlash, biron kishi yoki joy, narsa haqida matnda yozilgan joyni tez topish kabilar 
bo'lishi mumkin. 
Oliy o'quv yurtlarda ko'pincha analitik va sintetik (mustaqil, uyda o'qish - 
domashnee chtenie) turlari o'tkaziladi. Analitik o'qishda talaba matn mazmunini 
matndagi so'z iboralarni, qiyin abzaslarni analiz - tahlil qilish orqali tarjimasiz 
tushunadi, matndan ma'lumot oladi. Sintetikda esa teskarisi to'g’ridan-to'g’ri, analiz 
qilmay o'qib, ma'lumot olinadi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin