Ingliz tili leksikasi


Ingliz tili darslarida o’quvchilarning o’qish qobiliyatini o’stirish jarayonida



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

2.2. Ingliz tili darslarida o’quvchilarning o’qish qobiliyatini o’stirish jarayonida 
zamonaviy pedtexnalogiyalarni tadbiq etishning o’ziga xos jihatlari 
Ingliz tilida o'qish-nutq faoliyati turihisoblanadi.O'qish-ko'z bilan ko'rayotgan harf, 
harf birikmalari, so'zlar, gaplarni ovoz chiqarib, chiqarmay o'qish va o'qiganning 
mazmunini tushunish, o'qib ma'lumot olishdir. O'qish yozma nutqda berilgan matndan 
ma'lumotolish nutq turidir. 
O'qish-tanish til materiallari asosida notanish mazmunli matnni o'qib ma'lumot 
olish, mazmunini tushunishdir.O'qish aloqa (kommunikatsiya) qilishning bir 
turidir.O'qish orqali o'quvchi, talaba ingliz tilida gaplashiladigan mamlakatlar tili
madaniyati, hayoti, tarixi, urf-odati bilan tanishadi. O'qish ma'-lumot olish manbaidir. 
O'qish kishilarning kommunikativ-ijtimoiy faoliyat sohasiga taalluqli bo'lib, unda u 
yozma shakldagi so'z orqali muomalani ta'minlaydi. Kishilarning turmush, ta'lim va 
ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyatlarida o'qishdan keng foydalaniladi. O'qish orqali 
ma'lumot olish turli faoliyatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
O'qishda boshqa har qanday faoliyatdagi kabi mazmun va jarayon rejalari mavjud 
bo'lib, birinchisiga doimo katta ahamiyat beriladi. Faoliyatning predmet mazmunini 
tashkil qiluvchilar o'qishning mazmun rejasi sanaladi.Faoliyat jarayonining elementlari 
o'qishning jarayon tomoni hisoblanadi. 
Faoliyat mazmuniga, eng avvalo uning maqsadini, natijalarini kiritadilar.Odatda 
o'qishda faoliyat ana shu maqsadga erishishga qaratilgan bo'ladi.Mazmun aloqalarini 
ochish-nutq mahsulotini, ya'ni yozma shaklda taqdim qilingan matnni tushunish 
o'qishdagi ana shundaymaqsadni tashkil qiladi. 
O'qish doimo tayyor holdagi nutq axborotini idrok qilishga, ma'lumot olishga 
yo'nalgan bo'ladi, shuning uchun uni nutq faoliyatining retseptiv turiga 
kiritishadi.O'qishning o'ziga xos xususiyati shundan iborat-ki, uning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilganligi haqidagi baho kitobxonning olingan ma'lumotdan qoniqish hosil 
qilganligida o'z ifodasini topadi. 
O'qish murakkab retseptiv aqliy faoliyat hisoblanib, uning jarayon tomoni analitik-
sintetik xarakterga egadir. 


O'qish orqali biz ma'lumot olamiz, bilimimizni, dunyoqarashimizni kengaytiramiz, 
shuning uchun o'qish nutq faoliyatining turidir. 
Hozirgi davrda metodika o'qishni ingliz tilini o'qitish usuli, yo'li deb qaralmay, uni 
til materiallarini o'zlashtirishga yordam beruvchi, uni asosida (matndan) nutqni 
rivojlantirish uchun qo'llaniladigan material manbai, ma'lumot olish manbai deb 
qaralmoqda.Shu sababdan o'qiyotganda asosiy diqqat matn mazmuniga qaratiladi. 
Dasturda o'qish bo'yicha umumiy talablar va har bir sinflar, kurslar uchun talablar 
belgilanib beriladi. O'rta maktabda o'qishni o'rgatish ham maqsad, ham vositadir, ya'ni 
o'qish chet tili o'rgatishda ham maqsad, ham vosita vazifasini bajaradi. 
Ingliz tilida o'qish ko'nikmasini egallash o'rta maktabda, litseyda ingliz tili 
o'qitishdan kutilgan amaliy maqsadlardan biri hisoblanadi. 
Agar o'rta maktabni bitirib chiquvchilarning o'qish ko'nikmasi mukammal bo'lsa, 
ular o'zlari egallagan ana shu ko'nikmadan amaliy ravishda mustaqil foydalanish 
imkoniga ega bo'ladilar.O'qishning yetuklik darajasi har xil bo'lishi mumkin, shuning 
uchun o'rta maktab oldida o'qishning minimal rivojlanish darajasiga erishish vazifasi 
turadi. 
O'qishning amaliy maqsadi o'qib ma'lumot olishdir.Amaliy maqsaddan tashqari 
o'qishni o'rgatish umumta'lim va tarbiyaviy maqsadlarini ham nazarda tutadi. Bulardan 
tashqari o'qishni o'rgatish rivojlantiruvchi maqsadni ham amalga oshiradi. O'qish 
paytida o'quvchi, talabaning o'rganilayotgan ingliz tili matni bilan uning 
kuzatuvchanligi rivojlanadi va ularning til materiali, matn mazmunini analiz va sintez 
qilish qobiliyatlari takomillashadi. 
Endi o'qishning vosita sifatidagi vazifasi ustida to'xtalamiz.O'qish til materialini 
egallab olishdamuhim vosita hisoblanadi. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, 
matnlarni o'qishni o'rgatish, lug`atni boyitish usullaridan biri sifatida muhim ahamiyatga 
ega.O'qish, gapirish ko'nikmasini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi.O'qilgan 
matnlarning mazmuni bo'yicha savol-javob mashqlarini bajarish, hikoya qilib berish
suhbatva muhokamalar qilishi ko'p mashqlarga asos bo'ladi.O'qish orqali gapirish uchun 
ma'lumot, material to'planadi.Ularni ingliz tilida gapirishga tayyorlaydi. Ovoz chiqarib 
o'qish esa to'g’ri talaffuzga o'rgatishdava yangi til materialini tushunishda muhim 


bosqich sanaladi. Bundan tashqari ovoz chiqarib o'qish ovoz chiqarmay o'qishning 
yetuk ko'nikmasini shakllantirishda ham muhim vosita rolini o'ynaydi. 
Demak, o'qish, o'qitish maqsadi vazifasini bajarishdan tashqari, muhim o'qitish 
vositasi vazifasini hamo'taydi. 
O`qishni o'rgatish, rivojlantirish o'rta maktabda 2 ta bosqichda 5-6-7-8-9-sinflarda 
olib boriladi. Dastur talabi bo'yicha I bosqichda 5-6-sinflarda o'qish uchun mazmuni 
notanish matnlarning til materiallari oldindan ishlab chiqiladi, II bosqichda 7-8-9-
sinflarda esa matnlardagi ba'zi til materiallarni fahmlab tushunish uchun qoldiriladi 
hamda dasturda 9-sinf o'quvchilarini matbuot matnlaridan, ya'ni ro'znoma, oynoma 
maqolalarini o'qib, ma'lumot olishga o'rgatishni talab qiladi.O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish 
chora tadbirlari to’grisida”gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalarga ko`ra 
o`quvchilarning o`qish qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda 2-sinfdan amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin