Ingliz tili leksikasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

«Texnologiya» - yunoncha «techne» so’zidan olingan bo’lib, mahorat, san’at va 
«logos» - so’z, ta’limot ma’nosini anglatadi. 
Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar 
yig`indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlar tushiniladi. 
B.Ziyomuxammadovning fikricha - ma’ruzachi (pedagog)ning o’qitish vositalari 
yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida 
ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv 
tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi 
bo’yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo’ladi. «Pedagogik 
texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini 
hamda pedagogik jarayon turg`unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub’ektiv 
xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydiV.M.Manaxov
12

M.V.Klarin fikricha, pedagogik texnologiya - o’quv jarayoniga yondoshgan holda, 
oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini 
loyihalashdir. 
12
Manaxov 


I.Ya.Lernerning fikriga ko’ra, pedagogik texnologiya - tinglovchilar harakatlarida 
aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni 
ifodalaydi. 
V.P. 
Bespalkoning 
o’zbekistonlik 
shogirdlaridan 
N.Sayidaxmedov 
va 
A.Ochilovlarning fikricha, pedagogik texnologiya - bu ma’ruzachi (tarbiyachi)ning 
o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va 
bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal 
shakllanishini kafolatlaydigan jarayonidir. 
O’zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha 
ta’rif beradi: «Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo’lib, 
pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika 
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning 
optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy hodisadir»
13

Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham 
keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin