ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ingliz va o‘zbek tillarida maqollarning milliy-madaniy va universal xususiyatlari haqida qisqacha tahlil olib borildi. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиология, Кухарева Е. В. Типологически-универсальное и национально- специфическое в арабских пословицах и поговорках nomli o’quv qo’llanma metodologik manba bo’lib belgilandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Alisher Navoyi, Bobur, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Lutfiy kabi shoir va yozuvchilar xalqqa tushinilishi oson bo‘lsin deb xalq ijodidan samarali foydalanganlar. Yozuvchi M.Gorkiy ham maqqollarga yuksak baho berib: “Eng ulug‘ donolik so‘zning soddaligadadir. Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo‘ladi” degan edi. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-ma’daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dunyodagi barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til o‘rganuvchilar o‘ziga begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. SHu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. SHu haqda G. L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta’minlaydi va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar. Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi1 . SHuni aytib o‘tish kerakki, ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, ham ma’no jihatdan yoki umumiy bajarayotgan funksiyalaridan o‘xshashlik topsa bo‘ladi. O‘zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, First think, then speak maqolini o‘zbek tilidagi muqobil varianti Avval o‘yla - keyin so‘yla maqoliga to‘g‘ri keladi, chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga ega hamda uning grammatik tizimi ham ancha yaqin.
SHu bilan birga, ma’lum bir tildan ikkinchi tilga berilgan o‘girishlarda maqollarning aynan o‘xshashini topish qiyin bo‘ladi. SHunda izohlarga yoki ikkinchi bir adekvat variantga murojaat qilinadi. O‘zbek tilidagi maqollarning ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek tilidagi muqobil variantini topish ancha mushkul, bu borada maqollarga o‘rni kelganda izoh berib o‘tish tarjimaga putur etkazmaydi balki uni to‘ldiradi va boyitadi.
Ma’lumki har bir xalq o‘z e’tiqodi, milliy hususiyati, o‘ziga xos fantastik obrazlari, turli tuman ko‘chma manoli birikmalari uchun asos qilib olingan misollari bor. SHu kabi V.SHekspir asarlaridagi maqol va matalarda ham yuqoridagi jihatlar o‘z ifodasini topgan. Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa jaxon xalqlari garchi turli tuman tillarda so‘zlashsalar, ammo ularning taffakkur qonunlari bir xildir. V.SHekspir asrlaridagi maqol va matallar ham o‘z davri turmushining xalq taffakkuri asosida yuzaga degan tushunchalarni o‘zida mujassam qiladi. E. V. Kuxareva arab va rus maqollari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, shunday xulosa qiladiki, aksariyat maqollar mavzu va xolatlarga nisbatan umumiylikka ega ekan. Bu umumiylikni paremiologlar turlicha asoslar ekanlar: bir guruh olimlar maqollardagi o‘xshashlikni etnik kelib chiqish va qarindoshligi bilan asoslasa, boshqa olimlar yangi maishiy va ma’daniy aloqalarning kirib kelishi va qabul qilinishida deydilar, uchunchi guruh olimlari esa tarixiy rivojlanish pog‘onalari natijasi va g‘oyalar uyg‘unligida deb asoslaydilar. “Universaliya” atamasi lotincha “universalis” so‘zidan olingan bo‘lib, “umumiy”, degan ma’nolarni anglatadi va u deyarli barcha tillardagi xususiyatlarni qamrab oladi. Universaliyalar ikki ko‘rinishda bo‘ladi: deduktiv universaliyalar – shunday til xususiyatlariki, ular barcha tillarda uchraydi va aniq ifodalanadi. Bularga asosan gaplarning har xil strukturaviy turlarining ishlatilishi kiradi; induktiv universiyalar esa deyarli barcha mashhur tillarda mavjud. Xulosa qilib shuni izohlaydiki, maqollar ta’rifi barcha xalq madaniyatiga mos kelishi va ularni qoniqtirishi kerak ekan2 . Masalan: Love and cough cannot be hidden – Muhabbat va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi va Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi maqollari turli madaniyatga xos bo‘lsa ham, ya’ni biri ingliz milliy madaniyatiga va ikkinchisi o‘zbek milliy madaniyatiga oid til birikmalari bo‘lsada, ulardagi mantiqiy mazmun deyarli bir xil ya’ni kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi. Turli til va milliy madaniyatdagi universallik esa yuqoridagi maqollarda ochiq ko‘rinib turibdi.
Maqollar xushyor bo‘lishga, do‘stni dushmandan farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so‘z, sadoqatli bo‘lishga, ota-ona, qarindosh-urug‘ va do‘stlarni qadrlashga, kattalarni xurmat qilishga, kichiklarga nisbatan shafqatli bo‘lishga o‘rgatadi: “YAxshi bilan yursang etarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga”, “Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan”. Insonni tozalik va sog‘likga chaqiruvchi maqollar qisqa va sodda so‘zli bo‘lib, ammo chuqur, teran ma’noli va ayni maqsadga yo‘naltirilgandir: “Ko‘zing og‘risa qo‘lingni tiy, iching og‘risa nafsingni tiy!”, “Odam – po‘latdan qattiq, guldan nozik”, “Sihat tilasang, ko‘p ema, izzat tilasang, ko‘p dema!”, “Pokliging-sog‘liging” kabi maqollar xalqimizda keng tarqalgan bo‘lib eng yaxshi ma’naviy meroslarimizdandir. SHunday ekan, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishda, ularni barkamol avlod etib tarbiyalashda talabalarga tushinilishi oson bo‘lsin deb dono fikrlarni o‘z ichiga olgan maqollar bilan suhbatlarimizni bezash va samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.