Innovasion iqtisodiyot


Davlat byudjeti ko’rsatkichlarining bajarilish darajasi, foizda3



Yüklə 319,84 Kb.
səhifə4/8
tarix22.05.2023
ölçüsü319,84 Kb.
#119767
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlatning byudjet siyosati

Davlat byudjeti ko’rsatkichlarining bajarilish darajasi, foizda3.

Bundan kelib chiqadigan dastlabki xulosa, soliq siyosati moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi ko’p jihatdan, soliq siyosati strategiyasining muvaffaqiyatiga bog’liqdir. Shuning uchun ham bu erda haqli ravishda mamlakatimizda mustaqil moliyaviy siyosatni «soliq siyosatini o’tkazish yo’li bilan shakllantirishdegan fikr bildirilmoqda. Bir vaqtning o’zida mustaqil moliyaviy siyosatni amalga oshirishda soliq siyosati strategiyasining oldiga qo’yilishi lozim bo’lgan vazifalar ham shu joyning o’zida o’z aksini topgan. Bu vazifalar quydagilardan iboratdir:

  • respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash;

  • byudjet daromadlarini to’ldirishni ta’minlash;

  • amaliy faollikni rag’batlantirish.



1.2. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri.


O’zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimining qanday sharoitlarda vujudga kelganligi ham esdan chiqmasligi kerak bozor toifasidagi iqtisodiyotda soliqlar va soliq tizimi bozorning eng asosiy instrumenti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat boshqaruvining barcha darajalarida olinadigan soliqlar byudjet jam daromadlarining 90-95 foizni shakllantiradi. Ana shu munosabat bilan soliq tizimini shakillantirish, soliqlarni to’plash va ulardan foydalanish mexanizmini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.
Amaldagi yangi soliq tizimi tuzilishi tamoyillari va tarkibiy qisimlarga ko’ra butun jahon amaliyotida keng tarqalgan soliq tizimini aks ettirgan. Yangidan joriy etilgan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bekor qilingan oborot solig’i va sotuvdan olinadigan soliq singari egri (bilvosita) soliqlar hisoblanib, ular o’zlarining mohiyatiga ko’ra iste’molga solinadigan soliqlardir. Chunki bu soliqlar bilan iste’molchilar tomon yuz tutgan mahsulotlar va xizmatlar soliqqa tortiladi.
Oxirgi iste’molchi bu erda faqat shaxs sifatida maydonga chiqmasdan, balki bu soliqlarni to’lovchilari bo’lib noishlab chiqarish sohasidagi iste’molchilar ham hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan juda ko’p mamlakatlarda o’zlarini faqatgina byudjetning samarali fiskal instrumentlari sifatida namoyon etib qolmasdan, balki barcha tadbirkorlar uchun xo’jalik yuritishda teng sharoitlar yaratib beradigan vosita sifatida ham yaqqol ko’rinadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun rivojlangan soliq tizimi harakterlidir. Masalan, Germaniyada 50dan ortiq turli soliqlar mavjuddir. Amalda nima sotilayotgan bo’lsa, o’shandan ma’lum foizi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Xorijdagi soliqlarni rang-barangligi davlat organlariga har bir soliq to’lovchi (yuridik va jismoniy shaxs) ustidan va ishlab chiqarish, muomala, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish imkonini beradi. So’ngi yillarda soliq tizimlarida sodir bo’lgan o’zgarishlar quydagilardan iboratdir:
1.Juda ko’p mamlakatlarda daromad solig’i eng muhim soliq hisoblanib, u keng aholi qatlami orasida ommaviy soliqqa aylangandir. Ko’pgina mamlakatlarda amal qilib kelgan shedulyar soliq undirish qulay va tejamli bo’lgan global soliq bilan almashtirildi.
2.O’z ahamiyatiga ko’ra ijtimoiy sug’urtaga badallar davlatning ikiinchi muhim soliq daromadi hisoblanadi. Bu maqsadli soliq bo’lib, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga mo’ljallangandir. Ijtimoiy sug’urta badallari jismoniy shaxslardan soliq chegirmalari inobatga olinmagan holda ularning daromadlaridan proprotsional stavkalarda olinsa, yuridik shaxslardan esa ish haqi fondiga nisbatan foizda olinadi. Bir vaqtning o’zida stavka qo’llaniladigan maksimal badal yoki maksimal daromad ham belgilanadi. Ko’pgina mamlakatlarda ijtimoiy sug’urta badallarining tushib turish sur’atlari boshqa soliqlarga tegishli bo’lgan shu ko’rsatkichlardan yuqoriroqdir.
3.Yuridik shaxslardan olinadigan muhim soliq sifatida hamon korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq qolayotir. Bu soliq foydadan imtiyozlar chegirilgandan so’ng joriy yildagi soliqqa tortiladigan foydadan olinadi. Soliqning stavkasi proportsional bo’lib, oxirgi yillarda tadbirkorlik faoliyatining manfaatlarini hisobga olgan holda birmuncha pasaytirildi. Umumiy ko’rinishda yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish daromadlarni soliqqa tortishga nisbatan ancha pastdir. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning qonunchiligi investitsiyalarni soliqqa tortishda qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutgan. Bu mamlakatlarda investitsion soliq kreditiga amal qilinib, tezlashtirilgan amartizatsiya qo’llanib, bu narsa xususiy kapital qo’yilmalarining o’sishini ta’minlamoqda.
4.Undirilishining engilligi va oddiyligi uchun xorijiy mamlakatlarga egri (bilvosita) soliqlar keng tarqalgandir.
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati buyicha guruhlanadi. Soliqlarni bu tartibda guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’rganishning ilmiy va amaliy uslubdir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab 3 guruhga bo’linadi.4

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar.

  2. Daromaddan olinadigan soliqlar.

  3. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga QQS, aktsiz solig’i, bojxona va davlat bojlaridan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning qonunchiligimiz buyicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotdan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq savdo tashkilotlarning daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlariga sotsial infrastrukturani rivojlantirish solig’i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlarga: mol mulk solig’i, er solig’i, konlardan foydalanish solig’i va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi.
To’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. Soliq yukini boshqalarga ortish holati bu erda bo’lmaydi. Soliqlarga hamma daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi. To’g’ri soliqlarda to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasini kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti bilan bog’liqdir. Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot yuklab yuboruvchilardir. Lekin soliq og’irligining haqikatan ham byujetga to’lovchilari tovarni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chekkaga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p ishlab chiqarilishga yordam beradi. Egri soliqlar oqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Soliqlar stavkasini oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatni qisqartirmaydi. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnatkashlar real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar mo’l-ko’lligini ta’minlashi kerak.

Yüklə 319,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin