Mustaqil ishning maqsadi va vazifalari.Ishning maqsadi iqtisodiy islohatlar sharoitida davlat soliq siyosatining barqarorligini ta’minlash va davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning amaldagi holatini nazariy jihatdan o’rganish, mavjud muammolarni aniqlash va Respublikamizda iqtisodiy islohatlar va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirilishida mamlakatimizda mavjud an’analarni hisobga olgan holda uni takomillashtirish bo’yicha aniq taklif va mulohazalar berishdan iboratdir.
Yuqoridagi maqsadlarga asoslangan holda mustaqil ishning oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi.
davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganish;
davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va ahamiyatini yoritish;
byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlash;
soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganish;
byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berish.
Mustaqil ishning ob’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetining daromadlar man’bai shuningdek unga ta’sir etuvchi omillar.
Mustaqil ishning nazariy va amaliy ahamiyati sifatida klassik iqtisodchi olimlarning davlat byudjeti siyosati bo’yicha ilmiy asarlari, o’zbek va xorijiy iqtisodchi olimlarning mazkur muammolari bo’yicha ilmiy izlanishlari hamda bozor munosabatlari va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq siyosati borasidagi ilg’or tajribalari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga taalluqli bo’lgan farmonlari, qonunlari, qarorlari hamda me’yoriy hujjatlari hisoblanadi.