Mustaqil ishining tuzilishi va tarkibi.Ushbu mustaqil ish kirish, xulosa, va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB . Davlat byudjetining daromadlar man’baini ta’minlashda
soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 1.1. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari Iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni olib borishda jumladan, Xalq manfaatlariga mos bulib tushadigan mustakil iqtisodiy siyosat har qanday davlatning erkin rivojlanishida majburiy shart xisoblanadi. Aynan shunday siyosatni ezgulik bilan amalga oshirib borish, Soliq siyosati amalga oshirilishi natijasida byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdek vazifaning bajarilishi printsipial ahamiyatga egadir. Bu vazifaning bajarilishi davlat moliyaviy ahvolining mustahkamligidan dalolat beradi, davlat zimmasiga yuklangan majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishiga moliyaviy zamin yaratadi, byudjet sohasini uzluksiz moliyalashtirishda muammolar paydo bo’lmaydi, davlat o’zining funktsiyalarini to’liq va o’z vaqtida bajarish imkoniga ega bo’ladi va aksincha, soliq siyosatini amalga oshirish natijasida byudjet daromadlarining barqaror safarbarligini ta’minlash vazifasining bajarilmasligi juda yomon oqibatlariga olib kelishi mumkinligi shundoq ham ayondir.
Ikkinchi tomondan, soliq siyosati yuridik shaxslar uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishi ham kerak. Bu erda gap soliq siyosatini amalga oshirish natijasida, eng avvalo, respublikamiz ichki bozorining ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qilishi kerak. Undan tashqari, soliq siyosati strategiyasi umumiy tarzda respublikamiz uchun zarur bo’lgan yoki respublikamizda hamda halqaro talabga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishi kerak.
Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash, byudjet daromadlarini to’ldirishni ta’minlaydigan va amaliy faollikni rag’batlantiradigan izchil soliq siyosatini o’tkazish yo’li bilan shakllantirish zaruriyati vujudga kelmoqda.
Mamlakat byudjetining tarkibi avvalo uning davlat qurilishiga bog’liq. Unitar tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda, byudjet tizimi bamisoli ikki qavatli qurilmaga-davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarga ega buladi. Federativ tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda oraliq bug’inlar-shtatlar, o’lkalar va ularga muvofiq ma’muriy tuzilmalarning shtatlari mavjud.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida “2015-yilda amalga oshirgan keng ko‘lamli, uzoqni ko‘zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha o‘z ijobiy ta’sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.
Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi.
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017-yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi.
Bundan tashqari, 2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi.
O‘tgan yili bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining jami kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard so‘mga yetdi. So‘nggi 5-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan 2-marta ko‘pdir.
Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish imkonini berdi.
Davlat qarzi darajasining pastligi, ya’ni yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmagani ham mamlakatimizda erishilgan ijobiy natijalar va makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
O‘ta og‘ir va murakkab vaziyatda qo‘lga kiritilgan bunday yutuq va marralar avvalo chuqur va atroflicha o‘ylangan siyosatning natijasi bo‘lib, ularning zamirida mehnatkash, mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati mujassam ekanini ko‘ramiz.2 Diagrammadan ko’rinadiki, 2015-2018 yillar davomida esa davlat byudjeti taqchilligiga barham berib, davlat byudjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishiga qaramasdan, byudjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, juda murakkab kechgan 2018 va 2019 yillarda ham maqsadga muvofiq yo’naltirilgan chora-tadbirlar natijasida byudjet daromadlari uning harajatlaridan ortish hajmi YaIMning 0,2 dan 0,1 foizi darajasida bo’lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat byudjeti sohasidagi bunday natijalarni qo’lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichmabosqich o’zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo’lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o’tkazish orqali davlat byudjeti harajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo’nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko’rsatdi.