International scientific-online conference: “INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 17, 25.04.2022 2
ularning yechimlari ustida ishlashdan iborat. Ya’ni mavjud muammolarni
birgalikda muhokama qilish va ularni qabul qilish uchun qarorlar qabul
qilishdir. Tartibga solish, nazorat va amalga oshirish xalqaro tashkilotlarning
funksiyasi hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tipologiyasi haqida ikki xil
fikr mavjud:geografik katta miqyosdagi xalqaro iqtisodiy aloqalar va katta
qamrovdagi faoliyat yuritish kabilardir.Geografik katta miqyosdagi xalqaro
aloqalar mezonidan keloib chiqgan hududiy va global tuzilamalarini alohida
takidlab o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning
katta qamrovdagi faoliyati haqida fikr yuritilganda global tashkilotlarga
e’tibor qaratmoq joiz bo’adi. Ayniqsa. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
ning iqtisodiy tashkilotlarning o’rni ahamiyatlidir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishidan asosiy maqsad
dunyoda tinchlikni asrash, xavfsizligini saqlash va mamlakatlar o’rtasida
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hamkorlikni rivojlantirishdir. 1945-yilda 24-
oktyabrda tashkil topdi. Dastlab 50 ta mamlakat va hozirgi kunda 190 dan
ziyod mamlakatlarga BMTga a’zo hisoblanib, bosh ofisi Nyu Yorkda
joylashgan.Ingliz, fransuz, rus, ispan, va xitoy tillari BMTning rasmiy tillari
hisoblanadi. BMT nizomida 1-moddaning asosiy mazmuni ijtimoiy,iqtisodiy va
madaniy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat.Birlashgan
millatlar tashkilotining Bosh Assamleyasi bir yilda bir marta sentyabr, dekabr
oyida sessiya o’tkazadi va bunda boshliqlar va ularning o’rinbosarlari
tayinlanadi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarga oid masalalar esa umumiy
majlislarda ko’rib chiqiladi.
Birlashgan millatlar tashkilotining ijtimoiy va iqtisodiy kengashi
(EKOSOS)ga 1946- yilda asos solindi. Hozirgi kunda a’zo mamlakatlar soni 60
ga yaqin va ularning uchdan bir qismi malum muddatga saylanadi. Odatda
kengash bir yilda ikki martagacha sessiyalar o’tkazadi.EKOSOS ma’daniy,
iqtisodiy va ijtimoiy masalalar va shu bilan birgalikda, mamlakatalr orasidagi
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida qarorlar qabul qila olish
huquqiga ega tashkilotlar faoliyatini ham doimiy ravishda kuzatib turadi.
Xozirda 18ga yaqin ixtisoslashgan muassalar EKOSOSga tegishli hisoblanadi.
1964-yilda Birlashgan millatlar tashkilotining savdo taraqqiyot buyicha
anjumani YuNKTAD tashkil topgan va hozirgi kunda uning a’zo mamlakatlari
soni 186 taga teng. YuNKTAD
bosh ofisi Jenevada (Shvetsariya) joylashgan.
BMTning sanoat taraqqiyoti bo’yicha tuzilgan tashkiloti YuNIDO hozirgi
kunda 166ta mamlakatni birlashtirgan bo’lib, bosh ofisi Vena shahrida
joylashgan. YuNIDO tashkilotining asosiy vazifasi Osiyo,Afrika, Janubiy
Amerika va Okeaniyada joylashgan rivojlangan va shu bilan birgalikda
qoloq mamlakatlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashdan iborat. Tashkilotning
olib borayotgan faoilyati hukumat va shaxsiy sektorlar bilan hamkorlikda
qurilgan.
Davlatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi
uchun boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashni yo’lga qo’yish kerak
edi. Shu sababdan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning asosiy maqsadi bu