https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2023
76 Fargʻona viloyati aholisi Samarqand viloyati aholisidan koʻp boʻlgan). Buncha aholi
soni tassavvur qilish uchun quyidagilarga eʼtibor bering; Fargʻona viloyati aholisi soni
Tojikistonning 41%, Turkmanistoning 65%, Qirgʻizistonning 59%, Qozogʻistonning
20%, Mongoliyaning 114%, Latviyaning 200%, Estoniyaning 300%, Armanistonning
130%, Gruziyaning 105%, Islandiyaning 1000%, Oʻzbekistonning 10,8% aholisiga
tengdir.
Mustaqillik yillarida Fargʻona viloyati aholisi soni dinamikasida tugʻilishning
kamayishi va migratsiya qoldigʻining manfiyligi sababli oʻsish surʼati pasaydi.
Ayniqsa shahar aholisining viloyatdagi ulushi kamayib bordi. Urbanizatsiya darajasi
31 dan 27,8 ga tushib ketgan edi, ammo 2009 yildagi yirik qishloqlarga shaharcha
maqomining berilishi oqibatida shahar aholi salmog‘i 58,8 foizgacha ortib ketti.
Aholining yillik koʻpayish darajasi 1,84 foizni tashkil qiladi. Lekin bu koʻrsatkich
asosan 1997 yilgacha boʻlgan yuqori tugʻilish natijasidir. 2000 yildan 2009 yilgacha
viloyat aholisi 113,4 foizga oʻsgan holda, yillik koʻpayish 1,3 foizni tashkil etgan
holos. Soʻnggi yillarda aholining yillik oʻsish darajasi koʻtarilmoqda, asosan
tugʻilishning umumiy miqdori oʻsishi hisobiga bunga erishildi. Anomal holatdagi 2010
yilgi aholi sonining ko‘payishi qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasida yuz bergan milliy
nizolar oqibatida bo‘lgan. Viloyat aholisi sonidagi oʻzgarishlarni quyidagi jadvaldan
koʻrishimiz mumkin.
1 - jadval
Mustaqillik yillarida Fargʻona viloyati aholisining soni, joylashishi va yillik