https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023
155 ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. She’rni yoddan aytishda ifodalilikka, nutq
odobiga rioya qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda o‘qish talab etiladi.
O‘qituvchi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida o‘z nutqining bolalarga
qanday ta’sir etayotganini kuzatishi, tushunarli va qiziqarli bo‘lganini hisobga olishi
kerak. Agar bolalar darsda e’tiborsiz o‘tirsalar, demak, o‘qituvchi nutqining ta’sir
kuchi sust. U o‘z nutqini hamma bolalarga, goho ayrim bolalarning xulq-atvoriga
qaratgan holda boshqarishi, qiziqarli misollar aytishi, o‘quvchilar e’tiborini tortib,
o‘rinli imo-ishoralar ishlatishi, qo‘lni besabab harakatlantirmasligi, bir nuqtaga qarab
emas, balki sinf jamoasining diqqatini tortgan holda gapirishi kerak.
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida ko‘pincha obrazli nutq asosidagi
suhbat, savol-javob kabi usullardan foydalaniladi. Tilimizning lug‘at boyligi tarkibida
yorqin, ifodali nutqni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan hamma vositalar mavjud.
So‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatish imkoniyati va buning natijasida so‘zlarning ko‘p
ma’no kasb etishi lug‘atimizning yanada boyishiga imkon beradi.
Bola nutqining taraqqiyotini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar dastlab
so‘zlarning vujudga kelishi va shu asosda dastlabki umumiy tushunchalarning paydo
bo‘lib, shakllanishini ko‘rsatadi.
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida xilma-xil usullarni qo‘llash bola
uchun qiziqarlidir. Jumladan, ovozni saqlay bilish. O‘qituvchi bu ishga jiddiy e’tibor
berishi, bunda o‘zi namuma bo‘lishi zarur.
Bolalarning nutqini o‘stirishda ikki asosiy talabni hisobga olish lozim: og‘zaki
nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilik, pauza (to‘xtam), temp (sur’at). Yozma nutqda
og‘zaki nutq asosida hosil bo‘lgan bilim-malaka va tushunchalarning uzviyligini
ta’minlash. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi talablariga ko‘ra
o‘quvchilar erkin fikrlashga o‘rganishlari lozim. Fikrlash esa bolada darrov hosil
bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, uni yuzaga chiqarish uchun rejali ish olib borish lozim.
Fikrni rejali ifodalash nutq o‘stirish ishlarida ayniqsa, muhim ahamiyat kasb
etadi. Reja tuzishni o‘quvchilai birinchi sinfdanoq mashq qilganlari uchun ma’lum
ko‘nikmaga ega ekanliklarini hisobga olib, ikkinchi sinfda bu ishni tez-tez takrorlash
maqsadga muvofiqdir. Mazkur sinfda ham reja tuzish ishlariga o‘qituvchi rahbarlik
qilishi va o‘quvchilarda mas’uliyatni sezish hissini yuzaga keltirishi kerak. Reja darak,
so‘roq, ba’zan atov gap shaklida ham tuziladi. Reja asosida bayon qilingan matn tahlili
o‘quvchilarga tushunarli bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklarida berilgan
matnlar o‘quvchilarining nutqining ravon bo‘lishiga, nutqdagi izchillik, fikrlash,
ifodalilikning namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.