Innovative Development in Educational Activities issn: 181-3523 volume


 Eshitish orqali narsalarning tasvirini topish



Yüklə 404,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix03.06.2023
ölçüsü404,57 Kb.
#124219
1   2   3   4   5   6   7
153-159

3. Eshitish orqali narsalarning tasvirini topish. 
4. Hayvonlarni ovozi orqali tushunib, nomlash. 
5. Xursandchilik, achchiqlanish, xafa boʻlish kabi his tuygʻularni eshitish orqali 
farqlash. 
6. Nutq uslublarini eshitish orqali guruhlash. 
7. Audio orqali yoʻnalishni toʻgʻri belgilash. 
8. Tinglab turib toʻgʻri yozish. 
9. Maʼlumotlarni jadvallarga toʻgʻri joylashtirish. 
10. Audiomatnni rasm bilan bogʻlab, mazmun chiqazish kabi. 
Bu kabi topshiriqlar tinglab tushunish koʻnikmasini shakllantirish uchun 
amalga oshirilgan katta yutuqlardan biridir. 
Tajribamiz davomida 1-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida 
keltirilgan bir nutqiy mavzu doirasidagi tinglab tushunish mashqlarini tahlil qilib, dars 
jarayonida qoʻllab koʻrganimizda yaxshi natijalarga erishdik. Xususan, “Uy 
hayvonlari” mavzusiga doir quyidagi tinglab tushunish topshirigʻi keltirilgan.  
Bunda oʻquvchilarga ovoz kuchaytirgich orqali darslikda keltirilgan 
hayvonlarning ovozlari eshittirildi. Oʻquvchilar rasmdagi hayvonlarning ovozini 


Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023
 
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
 
 
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023 
158
 
tinglab, qaysi hayvon qanday ovoz chiqarishi va harakat qilishini tasavvur qilib 
koʻrganlaridan soʻng, quyidagi savollar bilan qisqa ogʻzaki suhbat oʻtkazildi: 
1. Ot qanday ovoz chiqarar ekan? 
2. Eshak qanday ovoz chiqardi? Uni ovoz chiqarishini nima deymiz? 
3. Qoʻylar qanday ovoz chiqardi? Uni avval ham eshitganmiz? 
4. Vov-vov, deb qaysi hayvon ovoz chiqardi? 
5. Xoʻroz qanday ovoz chiqararkan? Ayting-chi, bu ovozni qaysi vaqt koʻproq 
eshitasiz? 
6. Hayvonlarga tegishli yana qanday ovozlarni bilasiz? Aytib bering. 
Oʻquvchilar bilan savollar asosidagi suhbat yakunlangandan soʻng, ularga 
namunadagi singari gap tuzib yozishlari aytiladi. Ular yozishda tinglab 
tushunganlariga asoslandi. Ushbu jarayonda nutqiy kompetensiya bilan birga lingvistik 
kompetensiyaga oid bilimlar ham qamrab olingan boʻlingan boʻlib, oʻquvchilar gap 
tuzish davomidan tinglangan tovushga oid taqlid soʻzlarni(vov-vov, miyov-miyov, ba-
ba, qu-qu kabi.) feʼlga aylantirib(vovulladi, maradi, miyovladi kabi.) hamda 
tovushlarga nisbatan qoʻllanuvchi birliklar (hangradi, kishnadi, qichqirdi kabi.) orqali 
ifodalab, gap tuzib yoza oldilar. 
Ushbu topshiriqda esa, “Echki va uning bolalari” ertagi ovoz kuchaytirgich 
orqali eshittirildi. Oʻquvchilar birinchi navbatda ertkani tingladi, soʻngra darslikda 
berilgan ertakka oid rasmlar ketma-ketligini aniqlab mashq daftarlariga yozdi. Bu 
jarayon juda qiziqarli hamda mazmunli oʻtkazildi. 
Bu topshiriq orqali oʻquvchining vizual aloqasi orqali tinglagan matnidagi 
voqealar ketma-ketligini tushunib, ularni navbat bilan joylashtirish, yaʼni tinglab 



Yüklə 404,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin