Annotatsiya: Ushbu maqolada xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalasi bo‟yicha iqtisodchi olimlarning fikrlari va qarashlari, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribalari haqida ma‟lumotlar berilgan. Kalit so‟zlar: xususiy tadbirkorlik, asosiy kapital, tadbirkorlik, mulkdor, biznes, kichik biznes, ishbilarmon, tadbirkorlik sub„ektlari Xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, jumladan, uning yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarish va bandlikni ta‗minlashdagi ulushini oshirish, texnologik
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish kabi yo‘nalishlarda tizimli chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishi va
tadbirkorlikning rivojlanishi davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish korxonalar faoliyatida keskin o‘zgarishlarga olib keldi.
Korxonaning asosiy maqsadi - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, foydani
maksimallashtirish, yangi bozorlarni egallashdan iborat. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni iqtisodiyotdagi ahamiyati va tutgan o‘rnini ochib berishdan avval
―
biznes va
―
tadbirkorlik tushunchalarining nazariy iqtisodiy mohiyatini aniqlab
olishimiz kerak.
Tadbirkorlik ilmiy-tadqiqot ob‗ekti sifatida dastlabki vaqtlarda iqtisodchi olimlar
I.Shumpeter, R.Kantilon kabi klassiklar tomonidan o‘rganildi. Xususan, R.Kantilon
tadbirkorlikni foyda olish chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladi-yu,
lekin sotish bahosi noaniq bo‘ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi
19
, deb
baholaydi. Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning besh muhim tomonini:
iste‗molchilarga noma‗lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarishni
qo‘llashi va mavjud tovarlar tijoriyligini ta‗minlash; yangi tovarlarni o‘zlashtirishi;
yangi xom-ashyolarning ishlatilishi; tarmoqni takomillashtirishni ko‘rsatib beradi.
Tadbirkor yangi kombinatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir, deb ta‗kidlaydi.
19
Azizova M. Kichik biznes muammolari maqsadi // O„zbekiston iqtisodiyot axborotnomasi. –Toshkent, 1999, 1-2
sonlari- 34 -bet.