Innovative developments and research in education international scientific-online conference 1 page



Yüklə 64,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix16.12.2023
ölçüsü64,49 Kb.
#183810
1   2   3   4   5   6   7
2022 23.09

 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalasi 
bo‟yicha iqtisodchi olimlarning fikrlari va qarashlari, jahondagi rivojlangan mamlakatlar 
tajribalari haqida ma‟lumotlar berilgan. 
Kalit so‟zlar: 
xususiy tadbirkorlik, asosiy kapital, tadbirkorlik, mulkdor, biznes, 
kichik biznes, ishbilarmon, tadbirkorlik sub„ektlari
 
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, jumladan, uning yalpi ichki 
mahsulot ishlab chiqarish va bandlikni ta‗minlashdagi ulushini oshirish, texnologik
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish kabi yo‘nalishlarda tizimli chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishi va 
tadbirkorlikning rivojlanishi davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish korxonalar faoliyatida keskin o‘zgarishlarga olib keldi. 
Korxonaning asosiy maqsadi - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, foydani 
maksimallashtirish, yangi bozorlarni egallashdan iborat. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni iqtisodiyotdagi ahamiyati va tutgan o‘rnini ochib berishdan avval 

biznes va 

tadbirkorlik tushunchalarining nazariy iqtisodiy mohiyatini aniqlab 
olishimiz kerak.
Tadbirkorlik ilmiy-tadqiqot ob‗ekti sifatida dastlabki vaqtlarda iqtisodchi olimlar 
I.Shumpeter, R.Kantilon kabi klassiklar tomonidan o‘rganildi. Xususan, R.Kantilon 
tadbirkorlikni foyda olish chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladi-yu
lekin sotish bahosi noaniq bo‘ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi
19
, deb 
baholaydi. Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning besh muhim tomonini: 
iste‗molchilarga noma‗lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarishni 
qo‘llashi va mavjud tovarlar tijoriyligini ta‗minlash; yangi tovarlarni o‘zlashtirishi; 
yangi xom-ashyolarning ishlatilishi; tarmoqni takomillashtirishni ko‘rsatib beradi. 
Tadbirkor yangi kombinatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir, deb ta‗kidlaydi.
19
Azizova M. Kichik biznes muammolari maqsadi // O„zbekiston iqtisodiyot axborotnomasi. –Toshkent, 1999, 1-2 
sonlari- 34 -bet.



Yüklə 64,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin