Innovative developments and research in education international scientific-online conference 1 page


International scientific-online conference



Yüklə 64,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü64,49 Kb.
#183810
1   2   3   4   5   6   7
2022 23.09

 
International scientific-online conference
 
119 PAGE
qilib, o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati 
sifatida ta‗rif bergan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, nazariyachi iqtisodchi-olimlar tadbirkorlikka 
yetarlicha tafsilot berganlar va unga psixologik tomonlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy-
iqtisodiy voqelik deb qaraganlar.
Shunday qilib, turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha 
tushunchalar berilgan: Tadbirkor - bu yangi texnologiya, yangi ishlab chiqarish va 
yangi xizmat ishlarini ishlab chiquvchi novator; tavakkalchilik sharoitida harakat 
qiluvchi, kuchli shaxs; har qanday imkoniyatdan maksimal foyda oladigan sub‗ekt; 
tashabbus ko‘rsatuvchi, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmni tashkil - etuvchi 
shaxs.
Bizningcha, tadbirkor va biznesmenning faoliyati natijalari turlicha tugallanadi. 
Tadbirkor o‘z qobiliyati hisobiga tadbirkorlik daromadini olsa, biznesmen esa sarflagan 
kapitalidan foyda oladi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini ko‘rsatishicha, kichik biznesni 
tartibga solish mazkur sohadan davlatning muhim vazifalari (jumladan, bozor 
munosabatlarini chuqurlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish, 
iqtisodiyotning 
tarkibiy 
tuzilmasini 
takomillashtirish, 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash kabilar)ni amalga oshirishda o‘ziga xos 
samarali vosita va dastak sifatida foydalanish jihatidan tashkil etilishi zarur.
Bu o‘rinda kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish ob‗ekti sifatida 
namoyon bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorligini ta‗minlashda juda katta salohiyatga ega bo‘lgani holda, nomukammal 
raqobat sharoitida o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishda faoliyat ko‘lamining 
cheklanganligi bilan bog‘liq ob‗ektiv omillarning mavjudligi hisoblanadi.
Mazkur sohaning samarali faoliyatini ta‗minlash, uning to‘laqonli amal qilishi va 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish hamda har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash o‘z mazmun va maqsadlariga ko‘ra iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solinishi jarayonlarining uzviy qismi hisoblanadi.
Kichik biznesni tartibga solish samaradorligi uning alohida soha sifatidagi 
mezonlarining aniqlik darajasiga bog‘liq.
Ma‗lumotlarga ko‘ra, bu borada dunyoning 75 dan ortiq mamlakatida 50 dan ortiq 
turli miqdor (masalan, ishlovchilar soni, kapital hajmi, yillik aylanma hajmi va boshq.) 
va sifat (masalan, muayyan tarmoqqa mansublik, mulk va boshqaruvning yagona 
shaxsda uyg‘unlashuvi, tarmoqda hukmron (monopol) mavqega ega bo‘lmaslik va 
boshq.) tavsifidagi ko‘rsatkichlarning mavjudligiga qaramay, ushbu mamlakatlarda 
kichik biznes sub‗ektlari mezonlarining belgilanishini har doim ham bir xil darajada 
aniq va muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi.
Ular orasida eng keng qo‘llaniladigan miqdoriy tavsifdagi ko‘rsatkich korxonaning 
ishlovchilar soni jihatidan mezoni hisoblanib, undan foydalanish borasida ayrim 



Yüklə 64,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin