Innovative developments and research in education international scientific-online conference 1 page


INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION



Yüklə 64,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix16.12.2023
ölçüsü64,49 Kb.
#183810
1   2   3   4   5   6   7
2022 23.09

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
 
International scientific-online conference
 
120 PAGE
munozarali qarashlar mavjud bo‘lsada, biroq u o‘zining aniqligi, amaliy qo‘llash uchun 
soddaligi, qolgan ko‘rsatkichlarni ham belgilab berishi, xalqaro taqqoslashlarni amalga 
oshirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi.
Ammo, agar har qanday mezonni qo‘llashning nazariy asoslariga tayanilmasa
yuqorida keltirilgan aniqlik va qulayliklarning foydalilik darajasi pasayib ketishi 
mumkin.
Tahlillar ko‘rsatadiki, kichik biznesning ishlovchilar soni jihatidan mezonlarini 
belgilashda ko‘p holatlarda uning nazariy asoslari e‗tibordan chetda qolmoqda.
Natijada turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan mezonlar «quruq» statistik 
ahamiyat kasb etib, kichik biznes sohasining iqtisodiy mohiyatini aks ettira olmaydi.
Shunga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub‗ektlarning faoliyat samaradorligiga ta‗sir 
etuvchi jihatlarni namoyon etuvchi turli nazariy-uslubiy qoidalarning tizimli tadqiqi 
asosida kichik biznesning ishlovchilar soni jihatidan mezonlarini belgilashda e‗tiborga 
olinishi lozim bo‘lgan 3 ta yondashuv tavsiya etildi.
Birinchi yondashuv: ishchi kuchining so‘nggi qo‘shilgan mahsulotidan kelib 
chiqqan holda belgilash.
Ushbu yondashuvda korxonadagi ishlovchilar soni ishchi kuchining so‘nggi
qo‘shilgan mahsuloti miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ishchi kuchining so‘nggi qo‘shilgan mahsuloti (MPL – marginal product of labor) – 
ishchi kuchining qo‘shimcha birligidan foydalanish natijasida ishlab chiqarilgan 
mahsulotning qo‘shimcha miqdoridan iborat.
Ma‗lumki, ishlab chiqarish omillari nazariyasiga ko‘ra, har qanday omildan 
olinuvchi qo‘shimcha tushumlar undan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqdan 
katta bo‘lgan holdagina foyda hajmini oshiradi.
Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda, kichik biznes sub‗ektlari tomonidan 
ishlovchilarni yollash navbatdagi ishchi kuchi birligi qo‘shimcha foyda keltirmay 
qo‘ygunga qadar, ya‗ni qo‘shimcha tushum ish haqi miqdoriga teng bo‘lgan darajagacha 
pasaygunga qadar davom etishi lozim.
Ikkinchi yondashuv: korxonaning minimal samarali ko‘lami kontseptsiyasiga ko‘ra 
belgilash.
Mazkur yondashuvda minimal samarali hajm kontseptsiyasiga asoslanilib, bu hajm 
firma o‘zining uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlarini minimallashtirishi mumkin bo‘lgan 
ishlab chiqarishning eng kichik hajmini namoyon etadi.
Mazkur kontseptsiyaning mazmuni ko‘plab adabiyotlarda bayon etilgan_. Kichik 
biznesda band bo‘lganlar sonining uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar eng 
minimallashgan chegarada bo‘lishi korxona faoliyatining samaradorligini ta‗minlash 
imkonini beradi.
Uchinchi yondashuv: korxona xodimlari sonini «funktsional jihatdan 
komplektlash» kontseptsiyasiga ko‘ra belgilash.



Yüklə 64,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin