Innovative research in science


INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#91790
1   2   3   4
IRS0912

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE 
International scientific-online conference 
48 
bilan birga uskunalarni oqilona va ixcham joylashtirish hisobiga korxonalarning 
ishlab chiqarish maydonlari salkam ikki baravarga kamaydi, shu vaqtning o’zida 
korxonalarning ishlab chiqarish quvvati oshdi va ulardagi ishlab chiqarish 
unumdorligi ko’tarildi. Bugungi kunda modernizatsiya va rekonstruktsiya 
qilingan paxta tozalash korxonalarida birgina yuqori sinfda ishlab chiqarilgan 
paxta tolalariga ustama narxlar belgilanishini xisobga oladigan bo’lsak, unda 
o’rtacha 10 ming tonna paxta tolasini ishlab chiqaradigan korxonada o’rtacha 
700 ming AQSH dollari yoki 1,7 mlrd.so’m qo’shimcha foyda olish imkoniyati 
mavjud bo’ladi.
Xom ashyoni tozalash texnika va texnologiyasini kompleks o'rganishni avvalgi 
yillarda bu ishlar bilan shug'ullangan B.A.Levkovich, S.D.Boltaboev, A.N.Nuraliev, 
S.A.Samandarov kabi olimlarning tadqiqotlarida kuzatish mumkin. Tozalash 
texnika va texnologiyasini rivojlantirishda Ye.F.Budin, Yu.S.Sosnovskiy, 
R.Z.Burnashev, G.I.Miroshnichenko, A.Jo'raev, A.E.Lugachev, A.Agzamovlarning 
ishlari ham muhim o'rin tutadi. Paxta tozalash korxonalaridagi texnologik 
jarayonlarga o'rnatilgan jihozlarning samaradorligini oshirishda, ularning 
uzluksiz ishlashini ta'minlovchi xom ashyoning tarkibi sezilarli ta'sir ko'rsatadi. 
Paxta xom ashyosini quritish va tozalashning optimal texnologik rejimlarini va 
kattaliklarini tadqiq qilish borasida «Paxtatozalash» IIChB, TTESI va TGSKB ning 
olimlari tomonidan qator ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganib. Bajarilgan ilmiy va 
eksperimental tadqiqotlar paxta xom ashyosini qayta ishlash, paxta namligining 
optimal asosini aniqlash imkonini yaratdi. Ular tomonidan tavsiya etilishicha, 9 
% dan ortiq namlikdagi paxtani qayta ishlashda oqim liniyasida tozalash 
unumdorligining kamayishi, tola nuqsonlari va ifloslik darajasining ko'payishi 
kuzatildi. Bu holat tolali massa va iflosliklarning yopishish xususiyatini oshirish 
orqali asoslanadi va tozalash jarayonining qiyinlashishiga olib keladi. 
A.I.Uldyakov, Ye.F.Budin va S.A.Samandarovlar ning tadqiqotlarida 
ko'rsatilishicha, tozalash jarayonida paxta xom ashyosining optimal namligi 8-9 
% hisoblangan. 
Amaliyotdan ko'rinadiki, 8-9 % dan ortiq namlikdagi paxta xom ashyosini qayta 
ishlashda tola sifati yomonlashadi va texnologik mashinalarning tozalash 
unumdorligi pasayadi. 
Paxta xom ashyosini tashish va uni iflos aralashmalardan tozalash jarayonlarida 
tozalagichlarning ishchi organlari bilan ko'p marotaba mexanik ta'sirlari paxta 
xom ashyosi chigitlarining mexanik shikastlanishiga sabab bo'ladi . Buning 
natijasida tola tarkibida har xil nuqsonlar hosil bo'ladi. SHu bilan birga quritish-



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin