Innovatsion iqtisodiyot


I BOB . JAHON IQTISODIYOTI TARAQQIYOTINING ASOSIY QIRRALARI



Yüklə 152,36 Kb.
səhifə2/7
tarix10.05.2023
ölçüsü152,36 Kb.
#110816
1   2   3   4   5   6   7
muhammadamin

I BOB . JAHON IQTISODIYOTI TARAQQIYOTINING ASOSIY QIRRALARI



    1. Jahon xo’jaligining globallashuv bosqichlari

Globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida konkret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim.
Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, xalqaro rekonstruksiya xam taraqqiyot banki va boshqalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. Shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur. Transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. Bu menejerlarning faoliyati natijasida tegishli tarzda global miqyosda turli qarorlar, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlardan ishchi kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning qaysisiga qancha jalb qilishigacha bo‘lgan qarorlar qabul qilindi.
Iqtisodiy globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‘linadi, buning oqibatlari esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin emas.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Garret jahon iqtisodiyoti globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko’rsatadi, ularga quyidagilar kiradi:

1) jahon savdosida o’sib borayotgan raqobat;


2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida ishlab chiqarishning ko’p millatli xarakterini o’rnatish;
3) moliyaviy bozorlarning xalqaro integratsiyasi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida mujassamlanadi. g’arb iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga o’xshash sub'ektlari transmilliy, xalqaro, multimilliy, supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o’z operatsiyalarini o’zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlashni o’z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib turadi.
· TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
· Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga oshirish (ayrim xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun yangi so’z – “giperraqobat” so’zini ishlatadilar);
· Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish;
· Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o’z bo’limlari faoliyatini kuzatish; korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o’z bo’limlari, zavodlari va qo’shma korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog’iga birlashtirish;



Yüklə 152,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin