Innovatsion iqtisodiyot


Jahon xo‘jaligining rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 152,36 Kb.
səhifə3/7
tarix10.05.2023
ölçüsü152,36 Kb.
#110816
1   2   3   4   5   6   7
muhammadamin

1.2 Jahon xo‘jaligining rivojlanish tendensiyalari
Hozirgi zamon global iqtisodiyotning bosh muLekinsi rivojlangan davlatlar doirasida berk xo‘jalik tizimining shakllanishi bilan bog‘langan.
Bu qo‘yidagilarda namoyon bo‘ladi:asosiy savdo aylanmalarining ancha rivojlangan davlatlar miqyosiga qaratilgani 1990-yillarning ikkinchi yarmida sanoati rivojlangan davlatlar ulushiga jahon kompyuter texnikasining 80 %, yuqori texnologik ishlab chiqarishning 90 % to‘g‘ri kelgan;
rivojlangan mamlakatlarda xususiy kapital investitsion oqimining tutashi. Hozirgi paytda AQShning 50 % investitsiyasi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga yo‘naltirilmoqda. Yangi industrial davlatlarga esa uning atiga 8 % to‘g‘ri keladi. AQSH investitsiyasining deyarli 85 % Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va Germaniyaga to‘g‘ri keladi; rivojlanayotgan davlatlarda migratsion oqimning keskin cheklanishi;mustaqil bo‘lmagan yosh industrial davlatlarning g‘arbdagi texnologik yangiliklar bilan almashinishi ekstensiv harakterdagi taraqqiyotida tashqi investitsiyaga bog‘liqlik, tayyor mahsulotni rivojlangan davlatlatlarga eksport qilishning kuchayishidir.
Jahon xo‘jaligi uchun quyidagi rivojlanish tendensiyalari (intilishlar) harakterlidir:
1. Global muLekinlarni global hamkorlik va majburiyatlar natijasidagina hal etish mumkin. Yangi tahdidlar - SPID epidemiyasi, raketa-yadro texnologiyasining tarqalishi, yadro terorizmi ehtimoli xavfi paydo bo‘ldi. AQSH ning «World-watsh» instituti ma’lumotlariga qaraganda, jahon har yili 10 mln. gektarga yaqin o‘rmonni, 9 mlrd. tonna haydaladigan yer qatlamini yo‘qotmoqda. 2030 yilga borib jahon aholisi soni 10 mlrd. kishiga yetishi mumkin. Bu hayot standartlarini saklash uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 4 marta ko‘paytirishni, energiya ishlab chiqarishni 6 marta oshirishni talab qiladi. Turgan gap, tez taraqqiy etgan texnologiyada ham bunga erishish ancha qiyin bo‘ladi. Dunyo aholisi sonini barqarorlashtirish uchun tug‘ilishning o‘rtacha koeffitsentini 2,1 darajagacha kamaytirish lozim bo‘ladi.
Jahonning bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi milliy davlatlar xalqaro siyosiy bo‘linishi ziddiyatiga duch keladi. II asr boshlarida xalqaro tartibni 6-7 ta buyuk davlatlar o‘z mustamlaka imperiyalari bilan siyosiy ittifoqchilariga tazyiq o‘tkazish orqali namoyon etgandi. Oqibatda mustamlakachilik tizimining yemirilishi natijasida 100 dan ziyod davlatlar vujudga keldi. «Sovuk urush» xavfi tugaganidan keyin bu tendensiya yangi kuch oldi. Sovet ittifoqi, Yugoslaviya, Cheioslavakiya davlatlari parchalanib ketdi, yana o‘nlab yangi mustaqil davlatlar tashkil topdi. Natijada, jahon siyosiy haritasida 2006 yilda 1945 yilga qaraganda davlatlar umumiy soni uch baravarga ko‘paydi. Agar bu jarayon bundan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, ekspretlarning fikricha, jahon xo‘jaligida davlatlar soni 300 taga yetishi mumkin. Odatda mamlakatlarning tashqi siyosati «milliy manfaatlari» dan kelib chiqqan shartlar asosida shakllanadi. Ko‘pincha «milliy manfaatlar» mafkuraviy maqsadlarga diniy va millatchilik tusini beradi. Bu esa milliy manfaatlar haqida noto‘g‘ri tasavvurlar uyg‘otadi, xalqaro munosabatlarda yangi global vokeliklarda tobora ko‘proq ziddiyatlar keltirib chiqaradi.
2. Diniy va etnik belgiga qarab bo‘linish tendensiyasi xalqaro tizimni alg‘ov-dalg‘ov qilib, boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishga qodirdir.
3. Modernizatsiya jarayonlarida ziddiyatlarning chuqurlashuvi. Rivojlangan g‘arb davlatlari modernizatsiya xolatlarida oldinda borishdi, mustaqil ravishda yangi texnologiyalar, uskunalar yaratadilar. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar g‘arbning tashqi ta’siri ostida modernizatsiya jarayonlariga tortilmokda. Bu ularning texnologik qaramligini kuchaytirib, jahon xo‘jaligi sohalaridan o‘rin egallashini ta’minlaydi.
4. Jahon xo‘jaligining uch markazi o‘rtasidagi ziddiyatlar. G‘arbiy Yevropa barcha davlatlarning birlashgan potensiali sifat ko‘rsatkichlari AQSH va Yaponiyani birga qo‘shib olgan darajada turibdi. Shu bilan birga G‘arbiy Yevropa, AQSH va Yaponiya o‘rtasida texnologik uzilishlar kamaygan bo‘lsada, hozirgacha AQShning yetakchi o‘rnini pasaytira olgani yo‘q.
Valyuta urushi davom etayapti. AQSH ayniqsa bu borada alohida faollik ko‘rsatayapti. Amerika dollari hozircha jahon valyuta bozorida valyuta zahirasi sifatida yetakchi bo‘lib turibdi. Dunyodagi ko‘pchilik davlatatlar valyuta zahirasining 60 % ni Amerika dollari tashkil qiladi. G‘arbiy Yevropa Yevro hisob birligi qulay sharoit yuzaga kelishi bilan haqiqiy valyuta zahirasiga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda tahminlarga ko‘ra, uning ulushiga 25 % valyuta zahiralari to‘g‘ri keladi.
5. Rivojlangan davlatlar hamkorligi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar guruhi litsenziyalar, patentlar olish sohasida ustunligini saqlab kelmoqda. Jahon patent va litsenziya oborotining 90 % ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar xo‘jaligi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inqiroz qiyinchiliklarini yengishda bir-biri bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritayapti. Yevropa integratsiyasini muoffaqiyatli rivojlantirayati, kallektiv xavfsizlik mustahkamlanayapti. Rivojlangan davlatatlar Yevropa davlatlarilarida iqtisodiy islohatlarni qo‘llab-quvvatlatlamoqdalar. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari hamda ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda. Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi yo’nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuviHozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporastiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy integrastiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib to’tirishi mumkin. Bu organlar Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.
Ikkinchi yo’nalish – kooperastiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat koo’erastiyasiga ios bo’lgan io’jalik o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan etkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSh “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.
Uchinchi yo’nalish – xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda io’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning xozirgi davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global aiborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.
To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammollarni hal etishda tobora ko’proq mamlakatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. Milliy va mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protektsionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni o‘zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. Lekin jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o‘zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko‘plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.


Yüklə 152,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin