Innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishni boshqarish
Innovatsion loyihaning mohiyati va ahamiyati
Loyiha deb yangi texnik va ijtimoiy – iqtisodiy tizimni yaratish va o‘zlashtirishga qaratilgan maqsadli jarayonga aytiladi.
Innovatsion loyiha o‘ta murakkab tizimni ifodalovchi bir biri bilan bevosita bog‘liq va o‘zaro tadbirni amalga oshiruvchilarning aniq maqsadga yerishishdagi ilmiy – texnikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridir. Loyihalar, odatda, mazmunan izlanuvchi va tadqiqot loyihalariga bo‘linadi.
Izlanuvchi loyiha innovatsion loyihalarning bir shakli hisoblanib, u halq xo‘jaligida ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga yega bo‘lgan muhim masalani hal etishga qaratilgan nazariy va amaliy tadqiqot va ishlanmalar hisoblanadi.
Tadqiqot loyihalari texnik – iqtisodiy qarorlar asosida shakllanadi.
Loyihada amalga oshiriladigan g‘oya, fikr va texnik qarorlar ahamiyatiga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin.
Modernizatsiya – bu yyerda keskin o‘zgarish bo‘lmaydi, mashina qurilma quvvatini, mehnat unumdorligini oshiruvchi yangi texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan oshirilishi ta’minlanadi.
Novatorlik – yangi mahsulot konstruksiyasi o‘z yelementlari bo‘yicha avvalgilardan tubdan farq qiladi.
Ildamlovchi – bu yyerda konstruksiya istiqbolli texnik qarorlarga asoslanadi.
Pioner – bu yyerda avvallari mavjud bo‘lmagan material, konstruksiya va texnologiya yuzaga keladi. U yangi yoki avvalgi funksiyalarni bajarishi mumkin.
Amaliyotda loyihalar ahamiyatiga ko‘ra: murakkabligi, davomliligi, bajaruvchilar tarkibi, qamrovi, innovatsion jarayondagi ishtiroki bo‘yicha turlanadi. Hal yetayotgan vazifalar qamrovi (ko‘lami) bo‘yicha innovatsion loyihalar quyidagilarga bo‘linadi:
mult-loyiha;
monoloyiha;
megaloyiha.
Mult-loyiha (kichik loyiha) – ko‘lami bo‘yicha katta bo‘lmagan sodda ishlam bilan cheklangan loyihadir. Ular buyurtmachining o‘zaro bir biriga bog‘liq g‘oyalari asosida tuziladi.
Mono-loyiha – mult loyihalarning muqobil varianti hisoblanib, ularni cheklangan vaqt va manbalar bilan yagona loyiha bo‘yicha birlashvidir.
Mega-loyiha – bu umumiy maqsad sari yo‘naltirilgan loyiha uchun zarur manbalar va uni bajarish uchun ketadigan vaqtga o‘zaro bog‘liq bir necha loyihalardan tashkil topgan maqsadli dasturlardir.
Mega-loyihalarni shakllanishi va amaliyotga tatbiq yetilishi bir qator tarmoqlar, hududlar, sanoat – moliya guruhlari, yirik korporatsiya va davlatlar birlashuvini talab etadi. Megaloyihalar halqaro, mamlakat doirasida, milliy va hududiy haraktyyerda bo‘lishi mumkin.
Loyihalar bajarilayotgan ishlar hajmi va davomiylik muddatiga ko‘ra:
qisqa muddatli (1-2 yil)
o‘rta muddatli (5 yilgacha)
uzoq muddatli (5 va undan ortiq yil) bo‘ladi.
Loyiha tarkibi va bosqichlari(amaliyotga tatbiq etish) uning tarmoq va funksional moyilligini belgilaydi.
Innovatsion loyihalarning asosiy bo‘limlari:
loyiha mazmuni va dolzarbligi, loyihaning bosh maqsadi, ya’ni marketing tadqiqotlari va muammolar tarkibi asosida shakllanadi.
Loyihani bosh maqsadini amaliyotga tatbiq etish tadbirlar tizimi quyidagicha:
Har qanday loyiha o‘zining murakkabligi va ish hajmidan qat’iy nazar quyidagi fazalarni o‘taydi. (jadvalga qarang)
Loyihani tashkil etish va amaliyotga tatbiq etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: