Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning jahon tajribasi. Reja: Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning jahon tajribasi



Yüklə 25,83 Kb.
səhifə2/2
tarix03.05.2023
ölçüsü25,83 Kb.
#106546
1   2
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning jahon tajribasi

3)Axborotga ega bo’lgan odam dunyoni boshqaradi” degan ibora bugun hammaga ma’lum. Eng umumiy ko’rinishda axborot bu tabiatda, jamiyatda va iqtisodiy hayotda ro’y berayotgan hodisa va jarayonlar holatidan darak beruvchi xabarlardir. U amaliyotda odatda mish-mish va gumonlardan tortib to ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan rasmiy materiallar, statistika ma’lumotlari va ilmiy nashrlargacha turli manbalardan ma’lumotlar olish yo’li bilan amalga oshiriladi.Ishonchli va yetarli axborotga tayanuvchi biznes odatda ko’proq muvaffaqiyatga uchraydi. Shuningdek, asimmetrik axborot ham mavjud bo’lib, unda biznes qatnashchilarining bir qismi ega bo’lgan muhim axborotlardan boshqa manfaatdor shaxslar bexabar bo’ladi. Shu sababli biznesda tijorat siri degan tushuncha mavjud bo’lib, firma va kompaniyalar o’z muvaffaqiyatini ta’minlash bilan birga ayg’oqchilikning texnik, savdo va innovatsion kabi turlariga qarshi kurashadilar. Bu jihatdan bilyard o’yinining ustasi va bu o’yin bilan endi tanishgan kishi o’rtasidagi o’yin qiziqish uyg’otadi. «Usta» odatda o’z mahoratini yashirishga harakat qiladi va dastlabki pallada raqibiga o’yinni boy berib boradi. Agar u boshqacha yo’l tutganida u raqibini darhol «yutgan» va keyinroq navbatdagi o’yinlar yordamida 5-10 baravar ko’proq olishi mumkin bo’lgan yutug’idan ajralib qolgan bo’lar edi. Shu yo’l bilan «usta» o’zini qulay raqib bilan ta’minlab oladi, chunki o’yinga mukkasidan ketgan kishi keyingi o’yinda yoki ertasi kun albatta g’alaba qozonish ishtiyoqida yuradi. Bundan tashqari, «usta» o’z raqibi bilan o’ynayotgan paytda ham tomoshabinlarni kuzatib boradi va ular orasidan oson pul topish ilinjida yurganlarni aniqlab olishga harakat qiladi.Bilyardxonaga tashrif bkyuruvchilar qanchalik tez “usta”ning asl mahoratini bilib olsa, uning doimiy tashrif buyuruvchilardan osongina pul yutib olish imkoniyatlari shunchalik tez yo’qoladi. Bu esa “usta” uchun haqiqiy inqirozni anglatadi, shundan so’ng u o’zini hech kim tanimaydigan va bilmaydigan boshqa bilyadxona izlab topishga majbur bo’ladi. Agar u bu erda qolaveradigan bo’lsa, ahyon-ahyonda kelib turuvchi notanish odamlar ustidangina g’alaba qozonishi mumkin bo’ladi. Bilyard o’yinida kuzatilgan holat axborotning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol ko’rsatadi.Yuqorida aytilganlar biznes o’z mohiyatiga ko’ra yutuqqa, foyda yoki daromad olishga yo’naltirilgan, raqiblarni aldashga asoslangan ekan degan fikrga olib kelmasligi lozim. Aksincha, biznes, ayniqsa, tsivilizatsiya sharoitlarida iste’molchilik talabini sifatli va chin ko’ngildan qondirishga asoslanadi. Shu sababli ishonchli barqaror axborot manbalarini topish talab qilinadi, chunki bozordagi vaziyat tez-tez o’zgarib tuaradi (iste’molchilar istaklari, talab va taklif, ijtimoiy tendentsiyalar va narx-navoning o’zgarishi). Axborot ta’minoti biznes samaradorligi ta’minlash va qabul qilinuvchi qarag’orlarning asoslanganligining muhim omili hisoblanadi.



11 http://www.worldbank.org malumotlari asosida

Yüklə 25,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin